Farmanov Nizom Ochilovich

Veterinariya farmatsevtikasi kafedrasi mudiri dotsent veterinariya fanlari nomzodi

Batafsil ma'lumotlar:

Veterinariya farmatsevtikasi kafedrasi mudiri dotsent veterinariya fanlari nomzodi

Tadqiqot sohalari

  • Veterinariya
  • Veterinariya farmakologiyasi

Shaxsiy ma’lumotlar

N.Farmanov 1950 yil 12 sentabrda Samarqand viloyati Nurota tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, 1978 yilda institutning veterinariya fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirgan. Veterinariya fanlari nomzodi, dotsent, 50 yillik ilmiy-pedagogik stajiga ega.

N.Farmanov 1978-1979 yillarda veterinariya klinikasi mudiri, 1979-1982 yillarda “Ichki yuqumsiz kasalliklari” kafedrasi assistenti.

1982-1985 yillarda Moskva shahridagi Veterinariya Akademiyasida aspiranturani o‘tab, veterinariya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishgan. 1986-yildan institutning “Xirurgiya va farmakologiya” kafedrasi assistenti, 1990 yildan shu kafedra dotsenti. 1987-1991 yillar veterinariya fakulteti dekan muovini, 1991-1995 yillar institut o‘quv bo‘limi boshlig‘i, 1995-1996 yillar tarbiyaviy ishlar, 1996-1998 yillar ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha rektorning birinchi muovini. 1998-2005 yillar veterinariya fakulteti dekani, 2005 yildan Magistratura va aspirantura bo‘limi boshlig‘i, 2006 yildan ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i. 2008-2015 yillar veterinariya, zootexniya va qorako‘lchilik fakulteti dekani. 2015 yildan monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

2015-2018 y - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti  monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i. 2018-2021 y. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i. 2021-2022 y. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti “veterinariya farmasevtikasi” kafedrasi mudiri.

2022-y. - h.v. -- Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, veterinariya farmasevtikasi” kafedrasi mudiri.

1975 y. “Mehnatda o‘rnak ko‘rsatganligi uchun” medali.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 15, 20 va 30 yilligi ko‘krak nishoni, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim a’lochisi ko‘krak nishoni hamda O‘zbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi.

Ilmiy tadqiqot natijalari asosida 150 ga yaqin ilmiy maqolalar, 2 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta uslubiy qo‘llanma.

Lavozim vazifalari

 O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi, veterinariya va chorvachikni rivojlantish qo‘mitasi hay’at qarorlari, buyruqlari universitet va fakultetning kengash qarorlarini, topshiriqlarini, universitet rektorining buyruqlarini, farmoyishlarini, ko‘rsatmalarini, topshiriqlarini kafedrada  amalga oshirishni tashkil etish

 Davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv va ilmiy ishlarni tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;

     •Tayanch bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassislikari bo‘yicha ta’lim jarayonining huquqiy-me’yoriy hujjatlari, xususan Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari, malaka talablari, fan dasturlarini ishlab chiqish hamda ular bilan respublikamizdagi turdosh oliy ta’lim muassasalarini ta’minlashni tashkil etish;

• Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha kafedraning professor o‘qituvchilari, to‘liq bilishini ta’minlash;

•Rivojlangan  mamlakatlar ta’lim tizimining tendensiyalarini o‘rganish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ta’limga oid qonunlar ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularni kafedrada amalga oshirilishini ta’minlash;

• O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni kafedra professor-o‘qituvchilari o‘rtasida tashkil etish;

• Kafedra faoliyati bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;

• Kafedrada professor-o‘qituvchilarning Ilmiy tadqiqotchilik faoliyatini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;

•Kafedrada magistrlarning dissertatsiyalari, bakalavrlarning bitiruv malakaviy ishi, tayanch doktarantlari hamda ilmiy izlanuvchilarning doktorlik dissertatsiyalarining o‘z vaqtida bajarilishini tashkil etish;

•  Kafedraning ilmiy laboratoriyalarining ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha rejalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlatish va ularning bajarilishini nazorat qilish;

•  Kafedra professor-o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalari bajarilishini nazorat qilish va o‘quv, ilmiy ishlarini sifatli bajarishini ta’minlash;

• Kafedrada o‘quv va ilmiy konferensiyalarni tashkil etish va ilg‘or ilmiy va uslubiy tajribalarni umumlashtirish;

• Kafedrada professor-o‘qituvchilarning Ilmiy ishlar natijalarini, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarida kafedra xodimlari tomonidan tayyorlashni tashkil etish;

• Kafedrada yo‘nalish bo‘yicha iqtidorli yoshlarni saralash va ularni professor-o‘qituvchilarga biriktirish, ustoz-shogird tizimi asosida ishni tashkil etib ularning orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va boshqa nomdor nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlashni tashkil etish;

• Kafedrada professor-o‘qituvchilarning tarkibini yoshartirish bo‘yicha hamda darajali yoshlarni salmog‘ini oshirib borish bo‘yicha  rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish;

• O‘quv va ilmiy laboratoriyadan unumli foydalanish, laboratoriyani texnik jihozlashni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

• Kafedrada ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha universitet rahbariyatiga takliflar berish;

• O‘quv, ilmiy tadqiqot va ta’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari va turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda o‘quv va ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro memorandum tuzish va ular bilan hamkorlik qilish uchun rejalar ishlab chiqish;

• Kafedrani turdosh oliy ta’lim muassasalari kafedralari  bilan o‘quv, ilmiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni ta’minlash, konferensiya, seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini tashkil etish;

• Kafedraning belgilangan tartibda universitetning yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirishda ishtirok etish.

•Kafedraning korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayns nazorati” tizimini joriy etish muvofiqlashtirish hamda mamlakatda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan islohatlarning ko‘lamini oshirish chora tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, kafedrada korrupsiyani oldini olish, unga qarshi kurashishga  kafedraning barcha xodimlariga, doktorontlarga, magistrlarga, talabalarga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil etish;

• Kafedrada, professor-o‘qituvchilarning yillik faoliyati bo‘yicha  hisobotlarini yozishini tashkil etish hamda ularni kafedra yig‘ilishida tahlil qilish va xulosalar chiqarish;

Mehnat faoliyati

  • 1967-1970 yy. - Samarqand zooveterinariya texnikumi talabasi
  • 1970-1971 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti tayyorlov kurs talabasi
  • 1971-1973 yy. - Harbiy xizmatni o‘tagan
  • 1973-1978 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti talabasi
  • 1978-1979 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti veterinariya fakulteti qoshidagi  veterinariyaklinikasi mudiri
  • 1979-1982 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti ichki yuqumsiz kasalliklari  kafedrasi assistenti
  • 1982-1985 yy. - Moskva Veterinariya akademiyasi aspiranti
  • 1986-1987 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti xirurgiya va farmakologiya kafedrasi assistenti
  • 1987-1991 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti veterinariya fakulteti dekani o‘rinbosari
  • 1991-1995 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti o‘quv bo‘limi boshlig‘i
  • 1995-1996 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti tarbiyaviy ishlar bo‘yicha rektor muovini
  • 1996-1998 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha rektorning birinchi muovini
  • 1998-2005 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti veterinariya fakulteti dekani
  • 2005-2006 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti magistratura va aspirantura bo‘limi  boshlig‘i
  • 2006-2008 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i
  • 2008-2014 yy. - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti veterinariya, zootexniya va qorako‘lchilik fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi
  • 2015-2018 yy - Samarqand qishloq xo‘jalik instituti  monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i
  • 2018-2021 yy. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i
  • 2021-2022 yy. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti veterinariya farmasevtikasi kafedrasi mudiri
  • 2022-y. - h.v. -- Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalaruniversiteti, veterinariya farmasevtikasi kafedrasi mudiri

LTR RTL