Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-sentyabrdagi 03/20-2/12-225-sonli xati, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 18-sentabrdagi 05/1-3053-sonli topshirigʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-martdagi 144-F/25 son farmoyishiga asosan ishlab chiqilib, tasdiqlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali, mevali daraxt va buta koʻchatlarini ekishning oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari kesimida “prognoz koʻrsatkichlari”ga asosan universitetga bahor mavsumida 2000dona va kuz mavsumida 800 dona koʻchat ekish belgilangan.
2025-yil bahor mavsumida “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida universitet hududida 35 dona archa koʻchat ekildi.
Universitet qoshidagi “Sport sogʻlomlashtirish oromgohi”da yongʻoq 100 dona, gilos 250 dona jami 350 dona mevali daraxtlar va buta koʻchatlari ekildi.
Samarqand veterinariya meditsinasi texnikumida tut 1200 dona va gilos 500 dona jami 1700 dona mevali daraxtlar va buta koʻchatlari ekildi.
Shuningdek, bahor mavsumida jami 2035 dona mevali daraxt va buta koʻchatlar ekildi hamda Samarqand shahar va Nurobod tumanlari Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimi inspektorlari tomonidan sanoqdan oʻtkazildi va dalolatnomalar rasmiylashtirildi.
2025-yil kuz mavsumida “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida universitet hududida yasen 10 dona, akatsiya 10 dona, tut 20 dona, archa 10 dona jami 50 dona mevali daraxt va buta koʻchatlar ekildi.
Universitet qoshidagi “Sport sogʻlomlashtirish oromgohi”da gilos 100 dona, olma 200 dona jami 300 dona mevali daraxtlar va buta koʻchatlari ekildi.
Universitet qoshidagi Oqdaryo “Oʻquv tajriba poligoni”da tut 500 dona, jami 500 dona koʻchat ekildi.
Shuningdek, kuz mavsumida jami 850 dona mevali daraxt va buta koʻchatlar ekildi hamda Samarqand shahar, Oqdaryo tuman hamda Nurobod tumanlari Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimi inspektorlari tomonidan sanoqdan oʻtkazildi va dalolatnomalar rasmiylashtirildi.
Samarqand viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2025-yil 12-fevraldagi 03-03/101-102-sonli bahor va kuz mavsumida manzarali, mevali daraxt va buta koʻchatlarini ekishning prognoz koʻrsatkichlari asosida taʼlim muassasalari hamda ularning tutash hududlarida daraxt koʻchatlarini ekish reja-grafigi 1-ilovaning “Samarqand viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi nazoratidagi Oliy taʻlim, Filiali, Akademik lisey va kasbiy taʻlim muassasalari tomonidan 2025-yil bahorgi mavsumida koʻchat ekish dasturi”ga muvofiq universitetimizga bahor mavsumida manzarali, mevali daraxt va buta koʻchatlarini ekishning prognoz koʻrsatkichlari asosida 850 tup koʻchat ekish belgilangan.