Kafedra mudiri
Ulliyeva Sanobar Haydarovna
Qabul vaqti: Har kuni (15:00 -16:00)
Telefon: +998905051183
Elektron pochta: ullievasanobar@gmai.com
Biografiya
Ulliyeva Sanobar Haydarovna 1979 yil 17 avgustda Xorazm viloyati Xonqa tumanida tug’ilgan. Ma‘lumoti oliy. Samarqand davlat universitetining «Rus filologiyasi» fakultetini tamomlagan. Oilalik. 2 nafar farzandi bor.
«Лучший преподаватель года», «Лучшие научная статья» kabi halqaro tanlovlar g’olibi. 4 ta uslubiy qo‘llanma, 30 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.
Kafedra: kecha va bugun
O‘zbek, rus tillari va adabiyoti kafedrasi 2021-yil 31-avgustda universitetning Xorijiy tillar kafedrasi tarkibidan ajralib chiqib, institut Ilmiy kengashining qarori asosida rektorning 418-son buyrug‘i bilan tashkil etilgan. “O‘zbek, rus tillari va adabiyoti” kafedrasi oliy ta’lim nuassasasida tasdiqlangan NIZOM asosida faoliyat yuritadi.
O‘zbek, rus tillari va adabiyoti kafedrasi fakultetlararo kafedra bo‘lib, tuzilishidagi, bir necha turdosh fanlar bo‘yicha o‘quv, uslubiy va ilmiy-uslubiy ishlarni amalga oshiruvchi, talabalar orasida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni olib boruvchi asosiy tarmoq hisoblanadi.
Kafedrada “Rus tili”, “O‘zbek tili”, “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanlari bo‘yicha o‘quv, uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, malaka oshirish hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.
Kafedra universitet ilmiy kengashiga hisob beradi va unga bo‘ysunadi.
Kafedraning professor-o‘qituvchilari “Ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq ishga qabul qilinadi.
Kafedra 1 ta kafedra mudiri xonasi, ikkita o‘qituvchilar xonasi, 6 ta o‘quv xonasiga ega.
Kafedra mudirining shaxsiy rejasi oliy o‘quv yurtining rektori tomonidan tasdiqlab turiladi.
Kafedrada o‘quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-ahloqiy va tarbiyaviy ishlarni qamrab olgan ish rejalari; talabalarda vatanparvarlik, o‘z vatani bilan faxrlanish, boy milliy an’analarga, xalq merosi va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatni shakllantirish bo‘yicha “Ma’naviy” markazlar, talabalar turar joylarida o‘tkaziladigan tadbirlar rejalari; kafedra fanlari bo‘yicha amaldagi me’yoriy, o‘quv-metodik va boshqa hujjatlar; anketa ma’lumotlariga ega bo‘lgan kafedra tarkibining ro‘yxati; majlis bayonnomalari kabi hujjatlar mavjud.
O‘zbek, rus tillari va adabiyoti kafedrasida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha o‘quv, ilmiy, uslubiy materiallar professor-o‘qituvchilar tomonidan hemis platformasida aks ettirilgan.
Kafedra o‘qituvchilari tomonidan 2021-2022-o‘quv yili davomida bir qancha maqola va tezislar, uslubiy qo‘llanmalar chop ettirildi. Jumladan, Impact factorli jurnallarda 26 ta, Scopusda 1 ta, xalqaro jurnallarda 5 ta, respublika va universitet konferensiyalarida 30 ta, xalqaro konferensiyalarda 4 ta, milliy jurnallarda OAK jurnallarida 8 ta maqola va tezislar, shuningdek, 3 ta uslubiy qo‘llanma chop etildi.
Kafedra o‘qituvchilar ro‘yxati
I.F.Sh |
O‘qitadigan fan |
Shtat birligi |
Ulliyeva Sanobar Haydarovna |
Rus tili va adabiyoti |
1.0 |
Haydarova Iroda Anarbayevna |
Rus tili va adabiyoti |
1.0 |
Allayarova DIlfuza Qilichevna |
Rus tili va adabiyoti |
1.0 |
Abdusalomova Mohchehra Ergashevna |
Rus tili va adabiyoti |
1.0 |
Tosheva Dilorom Salimovna |
Rus tili va adabiyoti |
1.0 |
Gafurova Savlat Tolibovna |
Rus tili va adabiyoti |
1.0 |
Xolbayeva Dilorom Dusiyarovna |
Rus tili va adabiyoti |
1.0 |
Vafayeva Zamira Giyasovna |
Rus tili va adabiyoti |
1.0 |
Umarova Dilfuza Mamatqulovna |
Rus tili va adabiyoti |
1.0 |
Qarshiboyeva Zuhra Abduvaxobovna |
O‘zbek tili va adabiyoti |
1.0 |
Shaymanova Yulduz Toshniyazovna |
O‘zbek tili va adabiyoti |
1.0 |
Eshniyazova Maysara Beknazarovna |
O‘zbek tili va adabiyoti |
1.0 |
Bozorova Gulruh Ravub qizi |
O‘zbek tili va adabiyoti |
1.0 |
Xayrullayev Xurshid Zayniyevich |
O‘zbek tili va adabiyoti |
0.5 |
Xalova Maftuna Abdusalomovna |
O‘zbek tili va adabiyoti |
0.5 |
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
1. O‘zbek tili
2. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi
3. Rus tili