FAKULTET TARIXI (KECHA VA BUGUN) BIOTEXNOLOGIYA FAKULTETI

Fakultet tarixi (kecha va bugun) Biotexnologiya fakulteti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PQ-3703-sonli qarorga asosan Samarqand veterinariya meditsinasi instituti tashkil etilgan bo‘lib uning tarkibida yangi fakultet sifatida “Biotexnologiya, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi” fakulteti ish boshlagan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2022-yil 31-martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” gi PQ-187 son qaroriga asosan Samarqand veterinariya meditsinasi  instituti negizida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti tashkil etildi. Bugungi kunda universitet rektorining 2022-yil 31-avgustdagi    №147 -sonli buyrug’iga asosan “Biotexnologiya” fakulteti sifatida qayta tashkil etildi. Hozirgi davrda 550 nafardan ortiq talabalar tahsil olmoqda, 2021-2022 o’quv yilida fakultetning 3 ta ta’lim yo‘nalishi bo’yicha 143 nafar dastlabki bitiruvchilari ishlab chiqarishga yo‘llanma olishib, Respublikaning barcha viloyatlari korxona tashkilotlar va fermer xo;jaliklarida faoliyat ko’rsatayapti.  

Biotexnologiya fakultetida quyidagi bakalavriatura ta’lim yo‘nalishlari mavjud:

60710200 - Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha) – Ishlab chiqarish sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u ishlab chiqarish tashkilotlarida mehnat faoliyatini tashkil etish, mehnatni me'yorlash, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda veterinariya sohasida
biologik xavfsizlikni ta'minlash, chorvachilik sohasida ozuqabop o‘simliklarni ko‘paytirish, veterinariyada qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklarni ko‘paytirish bo‘yicha zаrur bo‘lgan сhоrа-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, loyihalash va tashkil etish, mе'уоriу hujjatlarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish, biologik texnologiyalar asosida mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshirish bilan bog'liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
 
60840500-Veterinariya biotexnologiyasi- Veterinariya va chorvachilik sohalarida biotexnologiyaning o‘rni beqiyos hisoblanadi. Xususan, qishloq xo‘jalik hayvonlarini ko‘payish biologiyasini o‘rganish, hayvonlarning jinsiy davrini boshqarish, embrionlarni transplantasiyasi, embrionlarni ajratib olish, embrionlarni saqlash, tuxum hujayralarni hayvon organizmidan tashqarida urug‘lantirish, oositlarni in vitro yetilishi ta’minlash, gen muhandisligi yo‘li bilan transgen hayvonlar yaratish, hayvonlar orasida har-xil kasalliklarini va bunday kasalliklarni kelib chiqishi sabablari chuqur o‘rganishda va eng avvalo har xil xavfli kasalliklarga o‘z vaqtida tashxiz qo‘yishda molekulyar genetik tahlillar o‘tkazish kabi muhim vazifalarni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
 
60840200-Veterinariya farmatsevtikasi - “Veterinariya” ta’lim sohasiga oid yo‘nalish bo‘lib, u dorivor o‘simliklar xom-ashyolaridan asosiy ta’sir etuvchi vositalami ajratib olish, turli xil dori shakllarini tayyorlash texnologiyalari, dorixonalar va ularda dorilarning ta’sir xususiyatlariga qarab saqlash qoidalari, dori shakllarini retseptlar asosida istemolga chiqarish hamda yangi dorivorlik xususiyatga ega bo‘lgan o‘simlik xom- ashyolarini izlab topish va ulardan turli xil dori-darmonlarni ishlab chiqish hamda veterinariya amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq bo’lgan kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
 
60812100-Dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi-Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo’nalishi introduksiya qilingan dorivor o’simliklar, ulardan oqilona foydalanish, farmatsevtika sanoatining dorivor o’simliklar xom-ashyo mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida ishlab chiqish, farmatsevtika sanoatining  dorivor  o’simliklar xom-ashyo mahsulotlariga bo’lgan  ehtiyojini qondirishda ishtirok etish, dorivor o’simliklar yetishtirish va dastlabki qayta ishlash tizimida qo’llaniladigan ishlab chiqarish jarayonlari, dorivor o’simlik xom-ashyolarini tayyorlash, dastlabki qayta ishlash va saqlash hamda ishlash jarayonlarini optimallashtirish, dorivor  o’simliklar yetishtirish va dastlabki qayta ishlash, xom-ashyo mahsulotlarini saqlash  hamda ularni birlamchi ishlov berish korxonalari va tashkilotlarning boshqaruv tizimlariga doir masalar bilan bog’liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.
 
60710400-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi  (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)- Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari tabiat-inson-jamiyat munosabatlari, hayot muhitlari, populyasiyalar va ularning boshqarilishi, organizmlarning o‘zaro munosabatlari, ekosistemalar va ularning klassifikatsiyasi, oziq zanjiri, trofik aloqalar. Biosferada moddalar va energiya almashinuvi, biosfera va noosfera, gidrosfera va litosferalarning ekologik funksiyalari, tuproqlar degradatsiyasi, chuchuk suv muammosi, er usti va er osti suvlarining ifloslanishi, biologik resurslar, barqaror rivojlanish, ekologik ta’lim  va madaniyat, muhit omillarining organizmga ta’sir qilish mexanizmlari, organizmlarning chidamlilik darajasi va moslashish yo‘llari, O‘zbekistonda atmosfera, gidrosfera va litosferadagi ekologik muammolar, O‘zbekistonning muhofaza qilinadigan xududlari, barqaror rivojlanish bilan bog’liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.
Quyidagi magistratura mutaxassisliklari mavjud:
70710201 - Biotexnologiya (mahsulot turlari bo‘yicha)  
70710402 - Ekologiya ( tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
70810904 - Agrobiotexnologiya
70812101 - Dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi
70840501 - Immunobiologik preparatlar biotexnologiyasi