Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
Yangilik

1-OKTABR — O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUBORAK BO'LSIN

  • Asosiy
  • 1-OKTABR — O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUBORAK BO'LSIN
Rektor tabrigi

1-OKTABR — O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUBORAK BO'LSIN

Qadrli va muhtaram ustozlar, aziz hamkasblar!

Sizlarni,  hayotimizda alohida o‘rin tutadigan, ilmga hurmat va ma’rifatga sadoqat ramzi bo‘lgan ahamiyatli sana  1-oktabr —  O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Mana shunday quvonchli kunda Siz, mehribon ustozlarga el-yurtimiz hamda ko‘p ming kishilik universitetimiz jamoasining yuksak hurmat-ehtiromini izhor etib, Yangi O‘zbekiston kelajagini va Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yo‘lidagi mashaqqatli va sharafli mehnatingiz uchun chuqur minnatdorlik bildiraman.

Hurmatli professor-o‘qituvchilar!

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, mamlakatimizda ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohasiga alohida ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Keyingi yillarda ta’lim va ilm-fan uchun xarajatlarning karrasiga oshirilgani, zamonaviy o‘quv hamda ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarining barpo etilgani va eng muhimi — pedagog xodimlarning mehnati va mas’uliyati munosib qadrlanayotgani buning yorqin isbotidir.

Ayniqsa, Davlatimiz rahbari tomonidan ustozlar uchun e’lon qilingan yangi imkoniyatlar — pedagoglarga imtiyozli kreditlar, uy-joy va maishiy qo‘llab-quvvatlash choralari, davlat xizmatlari hamda farzandlar ta’limi bo‘yicha berilayotgan yengilliklar har birimizga cheksiz g‘urur va mas’uliyat bag‘ishlaydi.

Katta mamnuniyat bilan ayta olamanki, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti har bir professor-o‘qituvchisining o‘ziga xos ilmiy maktabi, boy tajribasi va zamonaviy dars o‘tish metodikasi mavjud. Siz azizlar ilmiy-tadqiqot faoliyatini amaliyot bilan uyg‘unlashtirgan holda mamlakatimiz iqtisodiyoti, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, chorvachilik hamda biotexnologiya sohalari uchun zamonaviy, malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdek muqaddas vazifani chin ko‘ngildan ado etib kelmoqdasiz.

Hurmatli ustozlar!

Bugun biz bayramni mamlakatimizda veterinariya, chorvachilik, biotexnologiya va agrar sohalar uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlab kelayotgan nufuzli dargohlardan biri — Samarqand davlat veterinariya mebel-meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida nishonlayotganimiz ham беjiz emas.

Bu dargohning tarixi 1929-yilda boshlanib, yillar davomida malakali mutaxassislar tayyorlashga hissa qo‘shib kelmoqda. 2018-yilda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Samarqand veterinariya meditsinasi instituti tashkil etildi, 2022-yilda esa sohada kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida uning negizida bugungi universitetga asos solindi.

Qariyb bir asrlik tarix davomida minglab mutaxassislar tayyorlandi, ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar o‘tkazildi, tajriba va an’analar asoslangan o‘ziga xos maktab shakllandi.

Bugun universitetda 5 ta fakultet va 20 ta kafedra faoliyat yuritmoqda. Ta’lim jarayoni 19 ta bakalavriat yo‘nalishi va 27 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda qariyb 6 ming nafar talaba tahsil olmoqda. Universitet jamoasida 380 nafardan ortiq professor-o‘qituvchi va pedagoglar mehnat qilmoqda.

Biz jamiyatimizda va universitetimiz hayotida o‘qituvchi hamda murabbiylik kasbining nufuzini yuksaltirishni doimiy ustuvor vazifa deb bilamiz. Yurtimiz tarixida buyuk ma’rifatparvarlarni yetishtirgan ulug‘ an’analarning munosib davomchilari sifatida Siz, azizlar zamonaviy agrosektor va ilm-fan tarmoqlari uchun yetuk mutaxassislarni kamol toptirishga munosib hissa qo‘shishingizga ishonchim komil.

Universitetimiz jamoasi va shaxsan o‘z nomimdan barcha o‘qituvchi va murabbiylarni ushbu qutlug‘ kasb bayrami bilan yana bir bor tabriklayman! Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat va yangi ilmiy zafarlar tilayman. Hamisha el-yurtimiz va shogirdlaringiz e’tibori hamda ardoqida bo‘lish nasib etsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!

Hurmat bilan,

Xudaynazar Yunusov,

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, professor

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita