Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!
Avvalo Sizlarni 8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Davlatimiz rahbarining joriy yil 21 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishi asosida mamlakatimizda Bosh qomusimiz qabul qilingan sana “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” degan bosh g‘oya asosida nishonlanmoqda.
Mustaqil davalatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligini har yilgidan ko‘ra o‘zgacha nishonlanishimiz tabiiy. Negaki, 2023 yilda tubdan yangilangan Bosh qomusimizni umumxalq referendumi asosida qabul qildik hamda milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor barcha ustuvor qoidalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanadigan mukammal Konstitutsiyaga ega bo‘ldik.
Konstitutsiya nafaqat yuridik hujjat, balki u milliy mafkuramizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy asosini tashkil etuvchi umuminsoniy g‘oyalarga xizmat qiladi.
Bosh qonunimiz - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi muhim siyosiy, huquqiy xujjat sifatida jahonda yangi, suveren, istiqboli porloq davlat dunyoga kelganining o‘ziga xos shahodatnomasi bo‘ldi.
Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasi jaxon hamjamiyatining inson huquqlari sohasidagi yutuqlarini to‘la o‘zida mujassam qilgan. Ushbu Konstitutsiya inson huquqlari sohasidagi barcha muhim qoidalarni: insonning yashash, erkinlik va shahsiy daxlsizlik huquqi, mulkdor bo‘lish huquqi, ta’lim olish va boshqa shu kabi huquqlarni o‘z ichiga olgandir.
Konstitutsiya nafaqat yuridik hujjat, balki u milliy mafkuramizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy asosini tashkil etuvchi umuminsoniy g‘oyalarga xizmat qiladi.
O‘z o‘zingizga savol bering? Men qonunlarni yaxshi bilamanmi va unga qay tarzda amal qilaman?
Menimcha, jamiyatdagi har bir fuqaro o‘ziga ana shu savolni berib ko‘rishi kerak. Talaba, professor-o‘qituvchi, xox u oddiy xodim bo‘lsin, albatta mavjud qonun-qoidalarga amal qilib yashashi, huquqlarini bilishi, majburiyatlarini bajarishi jamiyat hayotida tartib-intizomni, osoyishtalikni ta’minlaydi.
Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiya xalqimiz irodasi, tafakkuri va kelajakka bo‘lgan ishonchining huquqiy ifodasidir. U Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida davlat va jamiyat ravnaqini ta’minlaydigan, inson qadrini oliy mezon sifatida belgilab bergan tarixiy hujjatdir.
Konstitutsiya asrlar davomida xalqimizga xizmat qiladigan, adolat va taraqqiyot yo‘lida ishonchli dasturilamal bo‘lib qoladi. Unga sodiq qolgan holda yashash va unda belgilab qo‘yilgan tamoyillarni hayotga tatbiq etish har birimizning muqaddas burchimizdir
Men fursatdan foydalanib, yurtimizning barcha fuqarolarini, talaba yoshlarni mamlakatimiz bosh qomusi – Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 33 yilligi bilan muborakbod etaman.
Xudaynazar Yunusov,
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, akademik.