WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

HURMATLI VATAN HIMOYACHILARI!


Avvalo Sizlarni 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 33 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

 

Keyingi yillarda “Xalq va armiya – bir tanu bir jondir” degan ezgu g‘oya asosida Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyati oshib, harbiy qurilish sohasi tubdan modernizatsiya qilindi. Buning natijasida milliy armiyamizda sifat o‘zgarishlari yuz berib, armiyada xizmat qilish tom ma’noda shon-sharaf ishiga aylanib bormoqda.

Bu borada, ayniqsa, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlarimiz muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

Bugungi kunda harbiy xizmatchilarimizning professional mahorati va obro‘-e’tibori jahon miqyosida ham yuksalib bormoqda. Buni mamlakatimiz Qurolli Kuchlari vakillarining nufuzli xalqaro harbiy musobaqalarda faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallab kelayotgani misolida yaqqol ko‘rish mumkin.

Ana shunday sa’y-harakatlarimiz hamda Milliy armiyamiz va xalqimizning faol hamkorligi tufayli Qurolli Kuchlarimiz mamlakatimiz taraqqiyoti, tinchligi va barqarorligining ishonchli kafolatiga, chinakam jasorat va matonat maktabiga aylanmoqda.

Shu o‘rinda davlatimiz chegaralarini qo‘riqlashda xizmat itlari va otlardan foydalanishda veterinar vrachlar xizmatini alohida ta’kidlashimiz, Vatanimiz sarhadlarida bizning soha xodimlari xizmatlarini g‘urur bilan aytishimiz joiz.

Fursatdan foydalanib soha fidoyilari, Vatanimiz himoyachilarini bayram bilan yana bir bor muborakbod etaman.

Yurtimiz tinch, Yurt posbonlari omon bo‘lsin!

E’tiborlaringiz uchun rahmat!

 

Hurmat bilan,

Xudaynazar YUNUSOV,

SamDVMCHBU rektori, professor.