Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
TADBIRLAR

Jaholatga qarshi ma’rifat: milliy qadriyatlar va yoshlar ma’naviyati

  • Asosiy
  • Tadbirlar
  • Jaholatga qarshi ma’rifat: milliy qadriyatlar va yoshlar ma’naviyati
Tadbirlar

Jaholatga qarshi ma’rifat: milliy qadriyatlar va yoshlar ma’naviyati

Jaholatga qarshi ma’rifat: milliy qadriyatlar va yoshlar ma’naviyati

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida "Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni" mavzusida Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish bo'yicha targ'ibot tadbiri o'tkazildi.


Tadbirda so‘zga chiqqan universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni bilim va ma’rifatga yo‘naltirish, zamonaviy bilimlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirishning ahamiyatiga alohida to‘xtaldi. Shuningdek, yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviyatli va jamiyat oldidagi mas’uliyatini chuqur anglaydigan insonlar etib tarbiyalash muhim vazifa ekani ta’kidlandi.


Shundan so'ng O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sohibnazar Baymurodov o‘z nutqida yoshlarni turli zararli illatlar va buzg‘unchi g‘oyalardan asrash, ularda sog‘lom dunyoqarash hamda mustahkam e’tiqodni shakllantirish masalalariga e’tibor qaratdi hamda ayrim yoshlarimiz bilib-bilmay diniy terrorizm, giyohvandlik singari salbiy illatlar domiga tushib qolayotganligini, bunday holatlarning oldini olishda ma’rifiy targ‘ibot, tushuntirish ishlari va yoshlar bilan muntazam muloqot olib borish muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta'kidlab o'tdi.


Mazkur tadbir milliy qadriyatlarni targ‘ib etish, yoshlarni ma’rifat va ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalash hamda jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash yo‘lidagi muhim ma’rifiy muloqotlardan biri bo‘ldi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita