Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 2025 yil 2-dekabr kuni “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” loyihasi doirasida “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.


.jpg)



Tadbirda universitet rektori, professor X.B. Yunusov, O‘zbekiston Respublikasi Oila va Xotin-qizlar qo‘mitasining birinchi o‘rinbosari U.H. Abdullayeva, Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.B.Saidova hamda viloyat huquqni muhofvza qiluvchi tashkilotlar vakillari, Ayollarni reabilitasiya qilish Markazi viloyat bo‘limi xodimlarining sermazmun ma’ruzalari tinglandi.