2024 yil 16 may kuni Samarqand davlat veterinariya
meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Biotexnologiya
fakultetida «Biologik resurslardan samarali foydalanish, saqlash va
barqarorligini taʼminlashda zamonovaiy yondashuvlar» mavzusida oʻtkaziladigan respublika ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etamiz. Ilmiy-amaliy konferensiya Biologiya fanlari doktori, professor Iskandar Xamdamovning 90 yilligiga bagʻishlanadi.
Konferensiyada quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha shoʻbalar tashkil qilinishi
rejalashtirilgan:
·
Oʻzbekistonda zamonaviy biologik tadqiqotlarning ustuvor
yoʻnalishlari.
·
Mintaqada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda qishloq
xoʻjalik ekinlari yetishtirishning resurstejamkor texnologiyalarini ishlab
chiqishda zamonaviy biotexnologiyaning yutuqlaridan foydalanish.
·
Hududlarda oʻsimlik, hayvonlar genofondini saqlash hamda
atrof muhit barqarorligini taʼminlashning ijtimoiy-iqtisodiy aspektlari. Yashil
iqtisodiyot.
·
Biologiya, ekologiya hamda qishloq xoʻjaligiga oid fanlarni
oʻqitishning zamonaviy pedagogik innovatsion texnologiyalari.
Konferensiyada maʼruza qilingan mavzular matni maqola shaklida ilmiy
toʻplamda chop etiladi. Maqolalar oʻzbek va rus tillarda qabul qilinadi.
Tashkiliy qoʻmita:
Yunusov X.B.- Samarqand davlat
veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
rektori, professor
Achilov O.E.- Ilmiy- ishlar va
innovatsiyalar boʻyicha prorektor, dotsent
Elmurodov A.A.- Oʻquv ishlari
boʻyicha prorektor, professor
Gapparov A.A.- Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha
prorektor
Nurniyozov A.A.- Biotexnologiya
fakulteti dekani, dotsent
Aliqulov A.S.- Iqtisodiyot
fakulteti dekani, dotsent
Berdimuradov E.X.-Agrotexnologiya
fakulteti dekani, dotsent
Shernazarov Sh.Sh.- Ilmiy tadqiqotlar,
innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi
Farmonov N.O.- Veterinariya farmatsevtikasi kafedrasi mudiri,
dotsent
Xodjayeva N.J.-Biotexnologiya kafedrasi mudiri, dotsent
Begmatova M.X.-Biologiya, ekologiya va dorivor oʻsimliklar kafedrasi mudiri, dotsent
Xamdamova E.I.-Toshkent davlat iqtisodiyot
universiteti Samarqand filiali “Tabiiy, ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat”
kafedrasi dotsenti
Tashpulatov Y.Sh. – Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar
instituti Fundamental va gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti
Jalov X.X. – Samarqand davlat universiteti Botanika kafedrasi mudiri
Konferensiyaning kun
tartibi:
1. Yalpi majlis maʼruzaga (15 min),
2. Shoʻbadagi maʼruzaga (10 min),
Konferensiya oʻzbek va rus tillarida olib boriladi.
MAQOLALARGA
QOʻYILADIGAN TALABLAR
Maqola matnlari tahrir qilingan va tegishli shoʻbalarning nomi koʻrsatilgan holda A4 kattalikdagi qogʻozga, qatorlar orasi 1 interval holda, yuqoridan va pastdan
Maqolaning nomi bosh harflar bilan yoziladi va bita boʻsh qator qoldirilib, navbatdagi qatordan muallifning ismi, familiyasi bosh harflarda va ish joyi yoziladi. Bitta boʻsh qator qoldirilib, navbatdagi qatordan maqola matni adabiyotlar roʻyxati yoziladi (maqolaning oxirida muallif bilan bogʻlanish uchun zarur maʼlumotlarni keltirish zarur).
Maqola matni sahifalanmagan boʻlib, uning elektron nusxasi Word muharririda Times New Roman shriftida 14 oʻlchamda 5 betgacha boʻlishi lozim.
Maqolaning
elektron nusxasi telegram yoki elektron pochta orqali koʻrsatilgan manzilga joʻnatilishi talab etiladi. Fayl nomi lotin harflarida muallif familiyasi bilan yozilishi kerak, masalan: Abdullayev E N.doc
Konferensiya mavzusiga va nashr etish talablariga javob bermaydigan maqolalar chop etilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.
Maqola matnida keltirilgan maʼlumotlarning haqqoniyligiga mualliflar javobgardir.
Maqolalarni qabul qilish bepul.
Konferensiyaga maʼruzalar taqdim etish muddati 2024 yil 1 maygacha, koʻrsatilgan muddatdan kechikib taqdim qilingan maʼruzalar dasturga kiritilmaydi.
Manzil: Samarqand sh., Mirzo Ulugbek koʻchasi 77-uy, Ilmiy tadqiqotlar,
innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi. Tel: (+99899) 595-56-42 shernazarov.1987@mail.ru
Biologiya,
ekologiya va dorivor oʻsimliklar kafedrasi. Tel: (+99893) 347-67-17 -telegram raqami: e-mail: gʻofurjondilmurodov@gmail.com