Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
KONFERENSIYALAR

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI O‘TKAZILDI!

Konferensiyalar

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI O‘TKAZILDI!

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI O‘TKAZILDI!

“FARMAKOLOGIYA VA TOKSIKOLOGIYA FANINING BUGUNGI KUNDAGI ISTIQBOLI VA KELGUSIDAGI VAZIFALARI”
2026-yil 16–17-oktyabr kunlari Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Biotexnologiya va ekologiya fakulteti Veterinariya farmatsevtikasi, farmakologiya va toksikologiya kafedrasi tomonidan mazkur mavzuda Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.


Konferensiyaning asosiy maqsadi farmakologiya va toksikologiya fanlarining zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini muhokama qilish, veterinariya va farmatsevtika sohalaridagi ilmiy yutuqlarni keng targ‘ib etish hamda istiqbolli tadqiqotlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishdan iborat.


Anjuman doirasida dori vositalarining farmakologik xususiyatlari, ularning organizmga ta’sir mexanizmlari, toksikologik xavfsizlik, veterinariya amaliyotida dori vositalaridan oqilona foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligi, ekologik muammolar hamda zamonaviy diagnostika va davolash usullariga oid dolzarb masalalar muhokama qilinadi.


Konferensiya olimlar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, soha mutaxassislari va iqtidorli yosh olimlar o‘rtasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda fan va amaliyot integratsiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi.


Mazkur ilmiy-amaliy anjuman farmakologiya va toksikologiya fanlarining kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlarini belgilash, yangi ilmiy g‘oyalarni ilgari surish va veterinariya tibbiyoti taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita