Samarqand Davlat Veterinariya Meditsinasi, Chorvachilik va Biotexnologiyalar Universitetida “Ozuqa yetishtirishda innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishdagi yutuqlar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi. Konferensiya chorvachilik, ozuqa ekinlarini yetishtirish, urug'chilik va ekologik toza yem-xashak yetishtirish bo'ylab ilmiy, tadqiqot asosidagi yutuqlar va takomillashgan agrotexnologiyalar to'g'risida fikr-alohida o'tkaziladi. Soha mutasallislari, olimlar va xorijiy professorlar konferensiya uchun mazkur masalalarning amaliyotga joriy etishini muhokama qilishda ishtirok etdilar.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Ozuqa yetishtirishda innotvasion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishdagi yutuqlar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ilmiy – amaliy konferensiyada soha oldida turgan dolzarb vazifalar va ularni bartaraf etishning innovatsion va zamonaviy usullari muhokama etilib, soha mutasaddilari, olimlar, tadqiqotchilar va universitet professor–o‘qituvchilari ishtirok etishdi.


Bugun mamlakatimizda chorvachilik va veterinariya sohasini rivojlantirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va bu sohada dunyo standartlariga javob beradigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda, -dedi konferensiyani kirish so‘zi bilan ochib bergan universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov. – Jumladan, ta’lim tizimini takomillashtirish, xorijiy universitetlar va ilmiy-tadqiqot muassalari bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish asosida yuqori salohiyatli kadrlar tayyorlash, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish bu borada yaxshi samara berishi mumkin. Ilmiy-tadqiqot mavzularini ishlab chiqarishning hududlardagi dolzarb mavzularidan kelib chiqqan holda shakllantirish, fanning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash, hamda fan-ta’lim va ishlab chiqarishni samarali integratsiyasini tashkil etish olimlar oldidagi muhim dolzarb vazifalardan biridir. Mazkur ilmiy-amaliy konferensiyaning maqsadi respublikada yem-xashak yetishtirishning hozirgi holati, undagi mavjud muammolar, yechimi, istiqboldagi vazifalar bo‘yicha bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlar tahlil qilinadi va ishlab chiqarishga istiqboldagi vazifalari belgilab beriladi.


Konferensiya davomida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, fan va ta’limni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i A. A.Safarov, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi ilm-fan, innovatsiyalar va ta’limni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i A.S.Shamsiyev, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi. A.X.Xamzayev, Rossiya Davlat agrar universiteti professori M.A.Mazirov mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib, o‘tkazilgan mazkur konferensiya ozuqa yetishtirishni ko‘paytirishga imkon beradigan takomillashgan agrotexnologiyalar, yangi ozuqa ekinlarini navlari, duragaylarini yaratish, ularning birlamchi urug‘chiligini tashlik qilish bo‘yicha fanning so‘ngi yutuqlari asosida tavsiyanoma ishlab chiqish va ular fermerlarga, agroklasterlarga, xususiy aholidagi chorva mollarini boqadigan xo‘jaliklarga tarqatilishi lozimligini aytib o‘tishdi

Konferensiya “Ozuqa ekinlari yetishtirishda innovasion texnologiyalarni ishlab chiqish”, “Oziqa ekinlarini seleksiyasi va urug‘chiligi”, “Ekologik toza ozuqa yetishtirish, dorivor ekinlar va biotexnologiyalar” shoʻbalariga bo‘lingan holda o‘z ishini davom ettirdi.