Konferensiyani kirish so‘zi bilan ochib bergan universitet rektori, akademik Xudaynazar Yunusov mazkur konferensiya oziq-ovqat xavfsizligining globallashuvi sharoitida sohalarining ishlab chiqarishdagi mavjud muammolari va ularning yechimlari, mazkur yo‘nalishdagi xalqaro tajribani o‘rganish, hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, iqtidorli yoshlarning innovasion g‘oyalari va ishlanmalarining ilmiy asoslariga qaratilganligini ta’kidladi.Universitetda tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni xalqaro integrasion jarayonlarda ishtirokini faollashtirish orqali korporativ innovasion hamkorlikni mustahkamlashni ta’minlashdan iborat ekanligi, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan iqtidorli yoshlarning innovasion g‘oyalari va ishlanmalarini tahlil qilish, baholash va rag‘batlantirishda muhim ekanligini aytib o‘tdi va konferensiya ishiga omad tiladi.


.jpg)
Shuningdek, konferensiyada so‘z olgan veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD), dotsent v.b F.Qurbonov, veterinariya fanlari nomzodi, professor v.b R.Ro‘ziqulov, veterinariya fanlari doktori, dotsent Z.Shopo‘latovalar konferensiyaning mazmun-mohiyatiga to‘xtalib, bugungi kunda yer yuzidagi iqlim o‘zgarishi natijasida oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish qiyinlashayotgani, natijada esa butun dunyo mamlakatlari oldida oziq-ovqat xavfsizligi dolzarb vazifalardan biriga aylanib borayotgani, zero, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlashning garovi hisoblanishini ta’kidlab, bu yo‘lda talabalar puxta bilib olishlari, ilmiy izlanishlar olib borishi va aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlashda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishlari lozimligini aytib o‘tdi.



O‘z navbatida universitet 1-bosqich doktoronti Sardor Jahongirov “Samarqand viloyati sharoitida karpsimon baliqlarni Psevdomonoz va Chilodonella suprinid bilan zararlanishi, davolash va oldini olish choralari”, 2-bosqich magistranti Nurbek Normamatov “Buzoqlar kolibakteriozida immunoglobinlar va gematologik ko‘rsatgichlarning immun tizimdagi bog‘liqligi” kabi mavzularda chiqishlar qilishdi.
Konferensi o‘z ishini “Oziq-ovqat xavfsizligi muammosining dolzarb vazifa va yechimlari” kabi shoʻbalarga bo‘lingan holda davom ettirdi.