SamDVMCHBU faollar zalida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga va soha mutaxassislarini tayyorlashda o‘zining munosib hissasini qo‘shgan taniqli olim, Respublika yilqichilik ilmiy maktabini yaratgan qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor D.Xolmirzayev tavalludining 80 yilligi munosabati bilan “O‘zbekistonda yilqichilikning hozirgi holati va rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyada nuroniylar, soha olimlari, OAV vakillari, professor-o‘qituvchilar, tizimda faoliyat olib borayotgan ilmiy markazlar mutaxassislari, yosh olimlar va talabalar ishtirok etishdi.
Konferensiyani kirish so‘zi bilan ochib bergan universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga va soha mutaxassislarini tayyorlashga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan taniqli olim, Respublika yilqichilik ilmiy maktabini yaratgan qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor D.Xolmirzayevni muborak 80 yoshi bilan tabrikladi. D.Xolmirzayev tomonidan 10 dan ortiq yilqichilik, tuyachilik magstirlariga, 4 ta qishloq xo‘jalik fanlari va falsafa doktori ilmiy ishlariga rahbarlik qilganligini, 2 ta falsafa doktori, 3 ta qishloq xo‘jalik fanlari doktori ishlariga rahbar va maslahatchi bo‘lganligi, bugungi kunda ustoz Yilqichilik va ot sporti Federatsiyasida maslahatchi ekanligini mamnuniyat bilan ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, konferensiyada ishtirok etgan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi Boshqarma boshlig‘i A. Safarov, Qozog‘iston milliy agrar universiteti professori A.Ombayev, K.A.Timiryazov nomidagi MQXA-Rossiya davlat agrar universiteti professori Yu.Yuldoshev, Butun Rossiya yilqichilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori A.Zaysev, OshDU provessori A.Abdurasulov, Tojikiston FA filiali direktori, professor M.Qosimov, “Zarafshon” va “Samarkadskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri F.Toshev va boshqalar ustoz tomonidan 300 yaqin maqola, shu jumladan 9 ta darslik chiqarilgani, yurtimiz yilqichilik maktabining ilk vakillaridan biri siqatida sohani tatqiq etish va rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shganligi, MDH mamlakatlari olimlari orasida tuyachilik bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari uchun birinchi bo‘lib darslik yozganligini aytib o‘tishdi.
Shuningdek, konferensiya davomida ilm olamida, jamiyatda o‘z munosib o‘rniga ega bo‘lgan domla katta va ahil oilaning sarboni, besh nafar farzand va 9 nafar nabira u kishining ta’lim-tarbiyasi, maslahatlari bilan turli sohalarda yetuk mutaxassis sifatida ishlab kelayotganligi, sakson yoshli olimning hamon ilm yo‘lida zahmat chekib, nimadir yangilik qilsam degan maqsad bilan yurganini faxr bilan ta’kidlashdi.