WEB SAYT MA'LUMOTLARI YANGILANAYOTGANlIGI SABABLI TEST REJIMIDA ISHLAMOQDA.

AGRAR IQTISODIYOTNI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA BUXGALTERIYA HISOBI, IQTISODIY TAHLIL VA AUDITNING ROLI HAMDA ISTIQBOLDAGI VAZIFALAR




Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida shu mavzuda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

    Respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligining, jumladan chorvachilik tarmog‘ining o‘ziga xos o‘rni bor. Bugungi kunda chorvachilikni yanada rivojlantirish mamlakatimizda oziq-oaqat xavfsizligini ta’minlashda yetakchi o‘rinda turadi, chunki aholi iste’mol qiladigan oziq-ovqatning asosiy qismini chorvachilikdan olinadigan mahsulotlar tashqil etadi, - dedi konferensiyada ishtirok etgan universitet rektori, professor X.Yunusov. - Bugungi konferensiyada iqtisodiyotni jadal rivojlantirishda buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil, audit, tarmoq iqtisodiyoti, axborot texnologiyalari, iqtisodiy-matematik usullar bo‘yicha Samaqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida olib borilayotgan tadqiqotlar hamda ularda olingan natijalar bo‘yicha ma’ruzalar tinglanib, muhokama qilinadi. Yuqorida sanab o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha jahon amaliyotida ancha oldinga siljishlar bo‘lib, ularni Respublikamizda o‘ziga xos bo‘lgan jihatlarini o‘rganish, iqtisodiyotni rivojlanishiga olib keladigan ilg‘or xorijiy tadqiqotlarni joriy etish bilan birga, o‘zimizda ham amalga oshirilgan tadqiqotlarni amaliyotga joriy etish lozim.

     Shuningdek, konferensiyada so‘zga chiqqan Kozoq milliy agrar tadqiqotlar universiteti “Hisob, moliya, audit” kafedrasi professori. Berdimurot Nazimgul Berdimuratovna, Iqtisodiyot fakulteti dekani, i.f.d., professor Alikulov Abdimumin Ismatovich, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiya-lar universiteti mustaqil izlanuvchisi Ulmasova Oygul Baxtiyorovna va boshqalar iqtisodiyotni rivojlantirishda buxgalteriya hisobining ahamiyati haqida to‘xtalib, buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarini amaliyotga joriy etilishi, xorijiy investorlarni ko‘proq joriy etish, investisiyalar oqimini tezlashtiish bilan birga, mahsulotlar eksportini yanada oshirishda muhim rol o‘ynashi, bu sohada buxgalteriya hisobini xalqaro standartlarini joriy etish va yuritish bo‘yicha Moliya vazirliging tegishli me’yoriy hujjatlari 2021 yilda qabul qilinib, 2022 yilda keng miqyosda joriy etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hali kichik va o‘rta biznes sohasida buxgalteriya hisobini xalqaro standartlar asosida jariy etishda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy tavsiyalarnini yetishmasligi, umuman axborot texnologiyalari, tarmoq iqtisodiyot, buxgalteriya hisobini oldida ham hozirgi kunda ilmiy-tadqiqotlarni jadallashtirish asosida hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar mavjud bo‘lib, bugungi konferensiya qatnashchilari ushbu muammolar yechimi bo‘yicha o‘zining fikr mulohazalarini ma’ruzalarida bildirib o‘tishadi.

     Konferensiya buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish istiqbollari, Innovatsion iqtisodiyot sharoitida agrar iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning dolzarb muammolari va uning yechimlari, qishloq xoʻjaligini rqamlashtirish: kelajak texnologiyalari kabi sho‘balarga bo‘lingan holda o‘z ishini davom ettirdi.