Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

Universitetga Jahon hayvonlar sog‘ligi tashkiloti (WOAH) xalqaro eksperti tashrif byurdi

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • Universitetga Jahon hayvonlar sog‘ligi tashkiloti (WOAH) xalqaro eksperti tashrif byurdi
Yangiliklar

Universitetga Jahon hayvonlar sog‘ligi tashkiloti (WOAH) xalqaro eksperti tashrif byurdi

Universitetga Jahon hayvonlar sog‘ligi tashkiloti  (WOAH) xalqaro eksperti tashrif byurdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining  Jahon hayvonlar sog‘ligi tashkiloti  (WOAH) xalqaro eksperti Dmitriy Morozov Oʻzbekiston Respublikasi  Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi va uning tizim tashkilotlariga tashrifi dasturiga binoan bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan koʻzlangan maqsad Oʻzbekistonda veterinariya sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish tizimini baholash va paraveterinarlar tayyorlash tizimini joriy etish imkoniyatlarini baholashdan iboratdir.

Xalqaro ekspert Dmitriy Morozovning Universitet majlislar zalida professor-oʻqituvchilar, magistr va talabalar ishtirokida oʻtkazgan uchrashuvida hayvonlarda koʻp uchraydigan invazion va infeksion kasalliklar haqida maʼlumotlar berilib, savol-javoblar boʻldi.

Shunigdek, xalqaro ekspert tashrif davomida veterinariya va chorvachilik tizimi tashkilotlari xodimlari bilan sohaga oid bo‘lgan masalalar yuzasidan suhbat qildi.

Suhbat davomida veterinariya laboratoriyalarining faoliyati, mutaxassislarning bilimi, ularning tizimli malaka oshirish kurslaridan oʻtib borishi, shuningdek veterinariya uchastkalari faoliyatlari boʻyicha maʼlumot almashishdi. Veterinariya mutaxassislarini qiynab kelayotgan muammolar haqida gaplashishdi.

Mehmonlar universitetdagi mavjud oʻquv-ilmiy laboratoriyalar, universitetda yo'lga qo'yilgan Mega loyiha doirasida tashkil etilgan, amaliy darslarni oʻtishga moʻljallangan ilmiy-pedegogik kadrlar tayyorlash inkubatori - vivariy bilan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdi hamda  oʻz tavsiyalarini berdi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita