Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

Germaniyaning “Weihenstephan Triesdorf Amaliy fanlar universiteti” prezidenti universitetimizda

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • Germaniyaning “Weihenstephan Triesdorf Amaliy fanlar universiteti” prezidenti universitetimizda
Yangiliklar

Germaniyaning “Weihenstephan Triesdorf Amaliy fanlar universiteti” prezidenti universitetimizda

Germaniyaning “Weihenstephan Triesdorf Amaliy fanlar universiteti” prezidenti universitetimizda

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti bilan ko’p yillardan buyon hamkorlik ishlarini olib borayotgan Germaniyaning “Weihenstephan Triesdorf Amaliy fanlar universiteti” prezidenti Dr. Erik Veulliet boshchiligidagi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

     Mehmonlarni universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov hamda Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor O.Achilovlar tomonidan iliq kutib olindi. Uchrashuvda keyingi hamkorlik masalalari, shuningdek ularni amalga oshirish yoʻllari toʻgʻrisida kelishib olindi.

      Bu hamkorlik talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvi dasturi, Veterinariya, oziq-ovqat xavfsizligi hamda qishloq xo‘jaligi sohalari kabi qator muhim mavzular doirasida hamkorlik olib borishdan iborat ekanligi ta'kidlab o'tildi.

     Uchrashuvda universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov boshchiligida  professor-o‘qituvchilar, kafedra mudirlari va tegishli mutaxassislar ishtirok etib, ikki universitetning bugungi faoliyati, talabalarni amaliyotga jo‘natish, qo‘shma ilmiy va ta'lim loyihalarni tayyorlash, konferensiya va ilmiy-amaliy tadbirlarda ishtirok etish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi mutaxassislarini tayyorlash kabi masalalar yuzasidan fikrlar bildirildi.

Shunigdek, ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolanib, mehmonlarga estalik sovg‘alari topshirildi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita