OCHIQ-OSHKORA, MULOQOT TARZIDA O‘TGAN UCHRASHUV muammolarga yechim, istiqbolli rejalarga yo‘l ochdi

Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Madaniyat saroyi"da universitet va uning filiallari, texnikum hamda akademik litsey jamoalari ishtirokida universitet rektori, professor Yunusov Xudaynazar Beknazarovich tomonidan yangi 2024-2025 o‘quv yiliga tayyorgarlik holati va amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar bo‘yicha ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.



 

Uchrashuvda universitet rektori mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati va uning maqsadi haqida fikr bildirib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati va amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Ta’kidlandiki, universitetga 2024-2025-o‘quv yili uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim yo‘nalishiga 401 nafar abituriyent davlat granti, 768 nafari to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinib, sirtqi ta’lim yo‘nalishiga 13 nafar abituriyent davlat granti, 652 nafari to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etildi. Shuningdek, universitetda shu o‘quv yilidan yangi “Oziq-ovqat texnologiyasi”, “Menejment” yo‘nalishlari ochildi.




O‘quv yiliga tayyorgarlik borasida o‘quv auditoriyalar, AKT jihozlari, laboratoriyalar, amaliy mashg‘ulot  va seminar xonalari, vivariylar inventarizatsiyadan o‘tkazilib, ishchi holatga keltirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi 3703-sonli qaroriga asosan universitetning 1310 o‘rinli bosh o‘quv binosi mukammal ta’mirlandi. Binoda 175 ta o‘quv xonasi, 150 o‘rinli axborot resurs markazi, 450 o‘rinli faollar zali, 420 o‘rinli yopiq sport majmuasi mavjud.




Universitetda 400 va 450 o‘rinli talabalar turar joyi mavjud. Bu yil yana ikkita yotoqxona foydalanishga topshirilish arafasida turibdi. Ular ham ishga tushsa, talabalar turar joyi 1300 o‘rin atrofida bo‘ladi. Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida ham talabalar yotoqxonalari qurilyapti. Buning natijasida tlabalar turar joyiga bo‘lgan ehtiyoj 40-50 foizga qoplanadi. Shuningdek, universitetda yangi o‘quv yilidan boshlaab “Registratsiya ofisi” ishga turishiladi.  




Universitet hududidagi 12 ta  zamonaviy  veterinariya, chorvachilik va biotexnologiyalar sohasiga tegishli  Jahon banki tomonidan berilgan laboratoriyalar inventarizatsiyadan o‘tkazilib,  yangi o‘quv yiliga tayyorlandi.  Islom taraqqiyot banki tomonidan kimyo, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi laboratoriyalari qo‘shimcha jihozlar bilan ta’minlanib, ishchi holga keltirildi. O‘quv jarayonida ta’lim sifatini oshirish uchun Veterinariya  meditsinasi bo‘yicha mobil veterinariya xizmati, veterinariya telemeditsinasi, veterinariya vivariy o‘tkaziladigan  diagnostika, davolash, jarrohlik jarayonlarni monioringini yuritish, jarayonlarni auditoriyalarda, filiallarda onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

So’ngra universitet prorektorlari so’zga chiqib o’z yo’nalishlari bo’yicha erishilgan yutuqlar va mazkur o’quv yiliga tayyorgarlik, rejalar haqida so'z yuritishdi. Shuningdek, uchrashuvda universitet filiallari, texnikum hamda akademik litseyda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik borasida olib borilgan ishlar, kelgusidagi rejalar haqida fikrlar tinglandi. Suhbat asnosida universitet rektori tomonidan talabalarni turar joy bilan ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilishi, texnikumlarni bitirayotgan talabalarni universitetga suhbat asosida qabul qilinishi kabi berilayotgan imkoniyatlar xususida tushunchalar berish, rahbarlarning har bir xodim va talaba bilan indivudal ishlash lozimligi ta’kidlandi.

Ochiq-oshkora, muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda berilgan savollarga mas’ullar tomonidan batafsil javob berilib, yechimini kutayotgan muammolar yuzasidan tegishlicha ko‘rsatmalar berildi.

 

LTR RTL