Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

UNIVERSITETDA III RESPUBLIKA YOSHLAR FORUMI KOʻTARINKI RUHDA OʻTKAZILDI

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • UNIVERSITETDA III RESPUBLIKA YOSHLAR FORUMI KOʻTARINKI RUHDA OʻTKAZILDI
Yangiliklar

UNIVERSITETDA III RESPUBLIKA YOSHLAR FORUMI KOʻTARINKI RUHDA OʻTKAZILDI

UNIVERSITETDA III RESPUBLIKA YOSHLAR FORUMI KOʻTARINKI RUHDA OʻTKAZILDI

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tizimidagi taʼlim muassasalari talaba-yoshlari ishtirokida III RESPUBLIKA YОSHLAR FORUMI yuksak saviyada, koʻtarinki ruhda oʻtkazildi

     Dastlab, universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov III RESPUBLIKA YoSHLAR FORUMIni ochib berib, oʻtkazilayotgan Forumning maqsad – vazifalariga toʻxtaldi. Ishtirokchilarni tabriklab, omad tiladi.

     Shundan soʻng, forum doirasida Qoʻmita tizimidagi taʼlim muassasalari talaba-yoshlari ishtirokida “Ranglar sehri”, “Sozanda yoshlar” tanlovlari, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Talabalar teatr studiyalari” jamoalari birinchiligi, Sportning “Shaxmat” turi boʻyicha “Qoʻmita raisi kubogi”, “Stol tennisi” turi boʻyicha “Rektor kubogi” hamda “Voleybol” turi bʻyicha jamoalar birinchiligi musobaqalari, “Zakovat”, “Munozara-debat” intellektual oʻyinlari, “Kelajak universiteti” nomli kompyuter dasturlash va “Istiqbolli loyihalar yoshlar nigohida” startap loyihalari tanlovlari oʻtkazilib, gʻolib jamoalar va talaba-yoshlar aniqlandi.

     Tadbirning asosiy rasmiy qismi universitet Madaniyat saroyida davom ettirilib, universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Alisher Safarovlar forum Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tizimidagi taʼlim muassasalari yoshlarining ilmiy-ijodiy, intellektual qobiliyatini namoyon etish, ular oʻrtasida doʻstlik va hamjihatlik hissini yanada kuchaytirishdan iborat ekanligini taʼkidladi.

     Tadbir doirasida oʻquv, ilmiy-tatqiqot va maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda faol ishtirok etib, turli ijtimoiy loyiha va tanlovlarda jonbozlik koʻrsatib kelgan talabalar hamda oʻz yoʻnalishlari boʻyicha eng yaxshilarini aniqlash maqsadida oʻtkazilgan onlayn soʻrovnoma gʻoliblari taqdirlanib, Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavsizligi fakulteti hamda Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti bitiruvchi talabalarining “Veterinar qasamyodi”ni qabul qilish marosimlari oʻtkazildi.

     Qiziqchi, xalq suygan madaniyat xodimi Ortiq Sultonovning ajoyib hazil-mutoyibalari va universit iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar tadbirga yanada koʻtarinki rux baxsh etdi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita