“Zamonaviy xirurgiyaning dolzarb muammolari, ularning yechimlari va istiqboldagi vazifalar”

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida veterinariya fanlari doktori, professor N.Sh. Davlatov tavalludining 75 yilligiga bagʻishlangan “Zamonaviy xirurgiyaning dolzarb muammolari, ularning yechimlari va istiqboldagi vazifalar” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.



 

Konferensiyada universitet professor-oʻqituvchilari, tizimda faoliyat olib borayotgan ilmiy markazlar mutaxassislari, xorijiy oliy oʻquv yurtlari olimlari, yosh olimlar va talabalar yoshlar ishtirok etishdi.

 

Xalqaro anjuman ochilishiga bagʻishlangan tadbirda soʻz olgan universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov veterinariya fanlari doktori, professor N.Sh. Davlatov hayoti va faoliyatiga toʻxtalib, u kishining hayot yoʻli misli yorqin yulduz kabi porlab, oʻzidan boy ilmiy meʼros va koʻplab yetuk shogirdlar qoldirganini taʼkidladi. Shuningdek, mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning maqsadiga toʻxtalib,  respublikada chorva mollarida uchraydigan jarrohlik kasalliklari tarqalishining hozirgi holati, undagi mavjud muammolar, yechimi, istiqboldagi vazifalar boʻyicha bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlar tahlili va istiqboldagi vazifalar kabi masalalarga eʼtibor qaratilayotganini aytib oʻtdi.

 



Shuningdek, konferensiyada soʻzga chiqqan Sankt Peterburg Davlat veterinariya meditsinasi universiteti akademigi Anatoliy Stekolnikov, Qozoq milliy agrar tadqiqotlar universiteti akademigi Mardan Julanov, dotsent Kanat Orinxanov, Buxoro shahar 1-son poliklinikasi oliy toifali vrach-jarrohi Sulaymon Davlatovlar mavzu yuzasidan oʻz fikrlarini bildirib, veterinariya xirurgiyasi hamda farmakologiya va toksikologiya ilmiy maktablarining asoschilaridan biri, veterinariya fanlari doktori, professor Davlatov Nugmon Shodmonovich veterinariya xirurgiyasi, veterinariya toksikologiya fanlari rivojiga ulkan hissa qoʻshib, 29 yoshida fan nomzodi, 43 yoshida veterinariya fanlari doktori ilmiy darajasiga erishgani, 250 dan ortiq monografiya, darslik, oʻquv-uslubiy va ilmiy ishlar muallifi ekanligi, olimning ilmiy rahbarligida 1 nafar fan doktori, 8 nafardan ortiq fan nomzodlari yetishib chiqqanligini aytib oʻtishdi.



 

Konferensiyada, universitet professori Hakim Niyozov “Professor N.Sh.Davlatovning hayot yoʻli va ilmiy faoliyati”, Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti Mayda va uy hayvonlari klinikasi bosh vrachi Olga Rabochayeva “Obucheniya Veterinarnoy xirurgii v universitete”, universitet tayanch doktarantlari Adham Rizayev “Quyonlarda yiringli otitlarni davolashni takomillashtirish” va  Madina Yuldasheva “Effektivnыye i sovrimennые metodы otsenki techeniya” mavzularida soʻz yuritdi.

 





Konferensiyada chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari, klasterlar va xususiy aholidagi chorva mollarini yuqumsiz va jarrohlik kasalliklarini ertachi diagnostikasi, davolash va oldini olishning zamonaviy usullarini qoʻllash imkoniyatlari, hayvonlar mahsuldorligini oshirishga imkon beradigan takomillashgan veterinariya xizmati, yangi, ertachi diagnostik va samarali davolash usullari, fermer xoʻjaliklarda jarrohlik tadbirlarini samarali tashlik qilish boʻyicha fanning soʻngi yutuqlari asosida tavsiyanomalar ishlab chiqildi.

LTR RTL