XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
CHORVACHILIK MAXSULOTLARINI SAQLASH VA QAYTA ISHLASHNING MUAMMOLARI,
YECHIMLARI VA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Anjumanning maqsadi: Qishloq
xo’jaligi
O’zbekiston iqtisodiyotining
yetakchi
tarmoqlaridan
biridir.
Qishloq
xo’jaligining muhim qismini chorvachilik tashkil yetadi, jumladan sut va sut maxsulotlari, go’sht va
go’sht maxsulotlari. Ushbu tarmoq qishloq aholisi uchun daromad keltirishda katta rol o’ynaydi, shu bois uni rivojlantirish
muammolari
va
istiqbollari
O’zbekiston agrar siyosatining ustuvor yo’nalishi hisoblanadi. Mazkur konferensiyadan
ko’zlangan maqsad chorvachilikning
O’zbekiston iqtisodiyotidagi
o’rni va amaliyotini, ayniqsa, go’sht-sutchilikni rivojlantirish
muammolari
va ularni yechish
yo’llari, go’sht va sut mahsulotlarini
saqlash
va
qayta
ishlashda innovasion texnologiyalarni joriy etish
istiqbollarini
o’rganishdan iborat.
Konferensiyada Chorvachilik maxsulotlarini saqlash va qayta ishlashning muammolari, yechimlari
va rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi.
Anjuman
muloqot va maqolalarni qabul qilish hamda to‘plamlarni chop etishda o‘zbek,
rus va ingliz tillaridan foydalaniladi.
Anjuman an’anaviy
(oflayn) hamda masofaviy (onlayn) tarzda o‘tkaziladi.
Asosiy sanalar:
Maqolalarni qabul qilish - 2024 yil 31
maygacha;
Qabul qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot berish – qabul qilingandan so‘ng
3 kun davomida;
Qayta to‘g‘rilangan maqolalarni qabul qilish - 2024 yil 03
iyungacha;
Anjuman o‘tkaziladigan sana – 2024 yil 06- iyun.
TASHKILIY QO‘MITA
MANZILI:
Samarqand davlat veterinariya
meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti,
M.Ulug’bek ko‘chasi, 77-uy,
Samarqand shahar, Samarqand viloyati, O‘zbekiston Respublikasi
Telefonlar: С.Казакова +998 93 723 16 01. Ш.Нурматов +998 97 392 88 18 e-mail: Kasavobat.@gmil.com ; nurmatovsherzod1988@gmail.com
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYADA ISHTIROK ETISH TARTIBI
Ishtirok etish tartibi:
Anjumanda
ishtirok etish uchun 2024 yil 06 iyungacha (shu kuni ham) talab bo‘yicha
rasmiylashtirilgan maqola, anjuman ishtirokchisi anketasini Kasavobat.@gmil.com; nurmatovsherzod1988@gmail.com
elektron manzilga yoki +998 93 723 16 01; +998 97 392
88 18 raqamli telegramga
jo‘natishi lozim. Fayl nomlari birinchi muallif familiyasi va sho‘ba raqami (masalan:
Yuldashev Alijon Aliqulovich-maqola-2, Yuldashev Alijon Aliqulovich-anketa)
bilan nomlanishi kerak. Maqola yuborilgandan 3 ish kuni ichida, maqolani qabul
qilinganligi to‘g‘risida anjuman materiali yuborilgan elektron pochtaga va
maqola muallifi telefon raqamiga ma’lumot yuboriladi. Talab darajasida
rasmiylashtirilmagan hamda ijobiy retsenziyadan o‘tmagan maqolalar QABUL
QILINMAYDI.
Maqolalar OAK ro‘yxatiga
kiritilgan “CHORVACHILIK VA NASLCHILIK ISHI”
jurnalida maxsus soni sifatida chop ettiriladi. Maqola uchun to‘lov miqdori 200
000 (ikki yuz ming) so‘m. To‘lovni quyidagi plastik kartasi orqali amalga oshirish mumkin: HUMO 9860270106893125 (SHAKHISTA ISHNIYAZOVA). Maqola mualliflarimiz tomonidan har bir maqola uchun to‘lov amalga
oshirilgach kvitansiyasini tashlab berish so‘raladi.
Qabul qilingan maqola
mualliflari sho‘balar bo‘yicha “Anjuman Dasturi” da belgilangan vaqtda
oflayn/onlayn tarzda o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etishi ko‘zda tutiladi.
Anjuman natijalari
to‘plami UO‘K, BBK, ISBN indekslari beriladigan
rasmiy nashr hisoblanadi. To‘plam anjuman yakunlangandan 10 kun ichida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va
biotexnologiyalar universiteti veb
saytiga ham (www.ssuv.uz) joylashtiriladi. Anjuman har bir
ishtirokchisiga Tashkiliy qo‘mita raisining imzosi va muhr bilan tasdiqlangan
elektron sertifikat beriladi.
ANJUMAN MATERIALLARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Dolzarbligi. Maqola yuqorida keltirilgan sho‘balarga
tegishli dolzarb mavzu bo‘yicha yozilishi va mustaqil tadqiqot natijalarini o‘z
ichiga olishi, shuningdek ilgari nashr etilmagan yoki boshqa nashrlarga bundan
keyin berilmasligi kerak.
Ma’suliyat va
javobgarlik. Mualliflar Tashkiliy
qo‘mitaga yuborayotgan materiallarining mazmuni va savodxonligi uchun
javobgardirlar. Shuning uchun puxta tayyorlash lozim.
Maqola hajmi - 3-5 bet
bo‘lishi, mualliflar soni 3 tadan ko‘p bo‘lmasligi tavsiya etiladi.
Rasmiylashtirishga qo‘yiladigan
talablar: Sahifa formati - A4 (210×297 mm); Chegaralar
(yuqorigi, pastki, chap va o‘ng tomonlar) - 20 mm; Shrifti - kegl 14; tipi -
Times New Roman; Qator oralig‘i - 1,5; Sahifalar raqamlanmaydi. Matn
originalligi -65%.
Maqolada ketma-ketlik
tartibi:
1. UO‘K. http://teacode.com/online/udc/
veb saytidan topish mumkin.
2. Mualliflarning
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida
transliteratsiya asosida).
3. Ilmiy darajasi va
unvoni, ish yoki o‘qish joyi, shahri (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
4. Muallifning
elektron pochtasi.
5. Maqolaning
sarlavhasi (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
6. Annotatsiya (100-150
belgi) (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
7. Kalit so‘zlar (5-7
so‘z) (o‘zbek, rus va ingliz tillarida).
8. Maqola matni.
9. Foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxati.
Maqola sarlavhasi,
annotatsiya va kalit so‘zlarni rus va ingliz tillariga tarjima qilishda Google translate, Yandeks perevodchik, PROMT kabi
tarjimonlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Annotatsiya.
Maqolaning qisqacha mazmuni, shu jumladan
dolzarbligi, maqsadi, tadqiqot usuli va olingan natijalar.
Kalit
so‘zlar: maqoladagi eng muhim
bo‘lgan va tadqiqot mavzusi hamda sohasini aniqroq tavsiflovchi so‘zlar.
Rasmlar va jadvallar raqamlangan bo‘lishi, jadvallarning nomi
jadval tepasida o‘rtada rasmlarning nomi rasm pastki qismida o‘rta bo‘lishi
kerak.
Adabiyotlar
"Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:" nomi ostida GOST R 7.0.5-2008 ga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Matnda ro‘yxatda keltirilgan adabiyot raqami to‘rtburchak qavs
ichida ko‘rsatiladi. Masalan: [2,1,4].
“Сhorvachilik maxsulotlarini saqlash va qayta ishlashning muammolari,
yechimlari va rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanining asosiy sho‘balari va ularga
biriktirilgan mas’ullar
№ |
Sho‘ba nomi |
Mas’ullar |
1-sho‘ba |
Chorvachilik maxsulotlarini saqlash va qayta ishlashda innovasion
tehnologiyalardan foydalanish.
|
Sho‘ba raisi: Dotsent Sh.A.Ishniyazova Ilmiy kotiba: Sh.Nurmatov |
2-sho‘ba |
Chorvachilik maxsulotlarini
ishlab chiqarish muammolari va
rivojlantirish istiqbollari. |
Sho‘ba raisi: Dotsent
Z.T.Saidmuradova Ilmiy kotiba: S.Kazakova |
ANJUMAN ISHTIROKCHISI ANKETASI
06.06.2024 yil
|
1-muallif |
2-muallif |
3-muallif |
F.I.Sh. |
|
|
|
Ilmiy unvoni va ilmiy darajasi |
|
|
|
Ish joyi yoki o‘qish joyi, lavozimi |
|
|
|
Telefon va elektron manzili |
|
|
|
Ma’ruza turi (sho‘ba yig‘ilishida) |
|
|
|
Sho‘ba yo‘nalishi |
|
|
|
Ma’ruza mavzusi |
|
|
|
Sana: |
|
|
|
Imzo: |
|
|
|
Murojaat uchun telefonlar:
С.Казакова +998 93 723 16 01;
Ш.Нурматов +998 97 392 88 18.