Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida shu mavzuda soha olimlari va tadqiqotchilari, tayanch doktorantlar hamda talaba-yoshlar ishtirokida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Konferensiyada davlatimiz rahbari tashabbusi bilan chorvachilik sohasini rivojlantirish, aholini sifatli mahsulotlar bilan taʼminlash, mazkur tadbirni tashkil etishdan koʻzlangan maqsad va ushbu yoʻnalishda yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz bordi.
Konferensiyani kirish soʻzi bilan ochib bergan universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov mamlakatimizda veterinariya sohasini va chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, sohaga ilmiy asoslangan innovatsion ishlanmalar natijalarini joriy etish, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash, veterinariya servis sifatini oshirish, soha uchun kadrlar tayyorlash hamda mutaxassislarning ish uslublarini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarga toʻxtaldi.
Shuningdek, konferensiyada ishtirok etgan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi Fan va taʼlim sohasini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Alisher Cafarov, Belarus Respublikasi Vitebsk davlat “Hurmat belgisi” ordenli veterinariya meditsinasi Akademiyasi dotsenti Yelena Kudryavsevoy, dotsent Yevgeniya Yushkovskogo, katta oʻqituvchi Anni Selivashko, Akademiya talabasi Gʻulomjon Kamoliddinov, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Gulmurod Mamadaliyev va boshqalarning maʼruzalarida bugungi kunda veterinariya va chorvachilik boʻyicha amalga oshirilayotgan jadal islohotlarni va uning ahamiyatini har tomonlama tahlil qilish, soha va uning tarmoqlarini izchil rivojlantirish uchun ilmiy-uslubiy asoslarni rivojlantirish, zarur boʻlgan chora-tadbirlarni belgilab olish, innovatsion yondashuv asosida ish olib borishning ahamiyati qayd etildi.
Tadbir
ishtirokchilari bugungi kunda veterinariya va chorvachilik sohasi istiqbollari,
mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan
savollariga javob oldi.
2022-05-13
2022-05-12
2022-05-17
2022-05-05