Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

Universitet talabalari Turkiyada grant mablag‘lari asosida tahsil oladi va amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • Universitet talabalari Turkiyada grant mablag‘lari asosida tahsil oladi va amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
Yangiliklar

Universitet talabalari Turkiyada grant mablag‘lari asosida tahsil oladi va amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi

Universitet talabalari Turkiyada grant mablag‘lari asosida tahsil oladi va amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi

Universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov Turkiyaning “Kayalar group” kompaniyasi kengashi rahbari Mehmet Kaya boshchiligidagi turkiyalik veterinariya va chorvachilik sohasi mutaxassislaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.

     Universitetda "O‘zbekiston va Turkiya respublikalari o‘rtasida chorvachilik va naslchilikni rivojlantirish, zamonaviy chorvachilik komplekslari qurish hamda resurstejamkor texnologiyalardan samarali foydalanish masalalari" mavzusida davra suhbati bo‘lib, unda chorvachilik sohasidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish mexanizmi muhokama qilindi.

     Jumladan, turkiyalik mutaxassislarning go‘sht va sut yo‘nalishidagi naslli mollarni O‘zbekistonga eksport qilishida yordamlashish, ferma va xonadonlardan sutni yig‘ib olishda Turkiya tajribasini joriy etishga asoslangan pilot loyihalarni ishga tushirish taklifi ma’qullandi.

     Shuningdek, universitet talabalari, tadqiqotchilari va professor-o‘qituvchilari Turkiyaning BURDUR MEHMET AKIF ERSOY UNIVERSITETI da kompaniyaning grant mablag‘lari asosida o‘qitish va kompaniya tasurrufidagi korxonalarda talabalar amaliyotini yo‘lga qo‘yishga kelishildi.

      Mamlakatimizda naslchilik markazlarini tashkil etishda hamkorlik qilish, chegara hududlarida chorva mollari uchun karantin hududlarini tashkil qilish, sermahsul chorva ozuqasini yetishtirish uchun zarur bo‘lgan kimoviy preparatlarni yetkazib berish masalalari ham muhokama qilindi.

       Shuningdek “Kayalar group” kompaniyasi kengashi rahbari Mehmet Kayaga Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining "Faxriy professor" unvoni berildi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita