Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

“JASORAT – MILLAT GʻURURI VA IFTIXORI”

Yangiliklar

“JASORAT – MILLAT GʻURURI VA IFTIXORI”

“JASORAT – MILLAT GʻURURI VA IFTIXORI”

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan “Jasorat – millat gʻururi va iftixori” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

     Dastavval tadbirga taklif etilgan faxriy mehmon va professor-oʻqituvchilar universitet tarixi muzeyiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mehmonlar universitetda yosh avlod uchun yaratilgan sharoit va berilgan imkoniyatlar bilan tanishish barobarida bu dargohda ishlab, umrini ilm rivojiga hissa qoʻshgan shaxslarning benazir ijodi va ibratli hayoti bilan bogʻliq maʼlumotlarga ega boʻlishdi

     Shundan soʻng, tadbir universitet “Faollar zali”da davom ettrilib, universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov faxriylarni bayram bilan tabriklab, Xotira va qadrlash kuni, deb nom olgan bu sana yurtimizda umumxalq bayramiga, haqiqiy anʼanaga aylanib qolgani, xotira va qadrlash tushunchalari asl milliy qadriyatlarimizga javob berib, ota-bobolarimizdan qolgan ham diniy, ham insoniy urf-odatlarimiz ekanligini taʼkidladi.

     Universitet ijodkor yoshlari tomonidan yangragan kuy-qoʻshiqlar esa tadbirga yanada koʻtarinki ruh baxsh etdi

     Bir piyola choy ustida bayram tadbiri davom etib, bu dargohda uzoq yillar mehnat qilgan, soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan va bugun keksalik gashtini surayotgan faxriylarning ibratomuz hayot yoʻllari, oʻz davrida olib borgan matonatli xizmatlari xususida suhbatlashildi. Oʻzaro suhbat va muloqotlarda mamlakatimizda inson omiliga yuksak eʼtibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir aʼzosiga gʻamxoʻrlik, mehr-oqibat koʻrsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini roʻyobga chiqarishga imkoniyat berish ustuvor vazifaga aylangani bot-bot taʼkidlandi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita