YEM-XASHAK YETISHTIRISHDAGI MUAMMOLAR, ULARNING YECHIMI VA ISTIQBOLDAGI VAZIFALAR

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 2024-yil 14-15 mart kunlari “O‘simlikshunoslik va yem xashak yetishtirish” kafedrasining “Yem-xashak yetishtirishdagi muammolar, ularning yechimi va istiqboldagi vazifalar” mavzusida o‘tkazilishi belgilangan  xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

Konferensiyani ochib bergan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, professor X.Yunusov respublikamizda ozuqa yetishtirishni ko‘paytirish, ozuqalarni saqlash, qayta ishlash, mavjud ozuqa ekinlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha hali amalga oshirilmagan ilmiy hamda amaliy tadqiqotlar va ularning amalotga joriy etilishi bo‘yicha muammolar mavjudligi, chorva mollari sifatli, zootexnik talablariga javob beradigan oziqa bilan yetarli miqdorda ta’minlanishi yuzasidan bajariladigan tadqiqotlarga talab mavjudligini ta’kidlab, hozirgi paytda yem-xashak yetishtirish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan olimlarimiz sho‘rga, qurg‘oqchilikka, suv taqchilligiga bardosh beradigan ozuqa ekinlarini tanlash va ularning resurstejamkor texnologiyalarini ishlab chiqish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borishayotgani, tabiiy yaylov va cho‘l mintaqalarida cho‘llanishning oldini olish qurg‘oqchilikka chidamli navlarni tanlash va cho‘l ozuqa ekinlarining birlamchi urug‘chiligini tashkil qilish bo‘yicha ishlar boshlanganini aytib o‘tdi. 

Shuningdek, hozirgi paytda universitetda ozuqa yetishtirish, ozuqa sifatini yaxshilash yuzasidan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish bilan birgalikda shu yo‘nalishdagi bakalaviriyat, magistratura talabalari uchun 8ta dan ortiq darsliklar, 12 ta o‘quv qo‘llanma, ko‘plab uslubiy ko‘rsatmalar zamon talablari asosida tayyorlanib chop etilgani, yakunlangan ilmiy tadqiqot natijalari monografiyalar, tavsiyanomalar, risolalar ko‘rinishida chop etilishi yo‘lga qo‘yilgani, shu bilan birgalikda hozirda universitetda Scopus guruhidagi jurnallarda, Web of sines jurnallarida professor o‘qituvchilar, doktarantlar, magistrlar va iqtidorli talabalarning maqolalari ko‘plab chop etilayotgani ta’kidlandi. 

Shuningdek, konferensiyada onlayn ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i A.Safarov va boshqalar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. 

Konferensiya davom etmoqda.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

LTR RTL