O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” PQ-187-sonli qarori hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1000 talik ro‘yxatiga kirgan oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligini tashkil etish, milliy va xalqaro reytingda nufuzini yanada oshirishda xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori o‘rinlarda turuvchi universitetlar bilan keng ko‘lamli fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish, akademik almashuv dasturlarida universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarining ishtirokini ta’minlash, hamkorlikda darslik, o‘quv qo‘llanmalar, Web of Science”, “Scopus” xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalarida indekslanuvchi jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish, xalqaro konferensiyalar tashkil etish maqsadida bir qancha amaliy ishlar qilinmoqda.
Xususan bu borada, Ukraina davlat biotexnologiyalar universiteti bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, mazkur hamkorlik memorandumiga universitetning Iqtisodiyot fakulteti “Iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi” kafedrasi mazkur universitetning kafedralari bilan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, hamkorlik doirasida 2024-yil 26-fevral kuni shu universitet professori, iqtisodiyot fanlari doktori Koshkalda Irina Vitalevna universitet talabalariga ma’ruza darslarini o‘tish maqsadida tashrif buyurdi.
Tashrif davomida professor Irina Vitalevna universitet rektori, professor Yunusov Xudoynazar Beknazarovich qabulida bo‘lib, hamkorlik doirasida universitetlararo o‘quv va ilmiy sohalarda hamkorlikni yanada kuchaytirish, qo‘shma dasturlar asosida oliy malakali pedagog-kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar, magistrlar hamda talabalar almashinuvi, pedagoglarni qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish, malaka oshirish, hammualliflikda xalqaro ilmiy-amaliy grant loyihalarini amalga oshirish, xalqaro konferensiyalar tashkil etish kabi masalalar muhokama etildi.
Tashrifning ikkinchi kunida Ukraina davlat biotexnologiyalar universiteti professori Irina Vitalevna 70310100-“Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi 2-bosqich magistrlariga “Biznesni tadqiq qilish usullari” (Методы бизнес-исследований) fanidan ma’ruza darsini, 60310100-“Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligida) ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalariga “Boshqaruv menejmenti” fanidan Master-klass darslarini o‘tdi.
Professorning universitetga tashrifi davom etmoqda.
SamDVMCHBU Axborot xizmati
2022-05-13
2022-05-12
2022-05-17
2022-05-05