Universitet Biotexnologiya fakultetida shu mavzuda ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi
Universitet rektori, professor X.Yunusov anjumanda ishtirok etib, choʻllanish, oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondining yomonlashuvi, biologik xilma-xillikning qisqarishi kabi ekologik muammolar haqida toʻxtalib, bu borada olimlarimiz tomonidan olib borilayotgan ishlarga to‘xtaldi.
Shuningdek, Oʻzbekiston ekologik partiyasi, Samarqand viloyat kengashi raisi B. Abdullayev “Iqlim oʻzgarishi uning salbiy oqibatlari va dolzarb muammolari”, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza kilish boshqarmasi Atmosfera havosini muhofaza qilish boʻlimi boshligʻi T.J.Hoshimov "Iqlim oʻzgarishi va atrof muxitni muhofaza qilishning dolzarb chora tadbirlari", kafedra mudiri, professor N.Xalilov “Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish” mavzularida soʻz yuritdi.
SamDVMCHBU Matbuot xizmati