Amaliyot "Pyure Milki Work" korxonasida tashkil etildi

O‘zbekistonda yirik kompaniyalaridan biri hisoblangan «SIYOB» guruhi kompaniyalar XOLDINGIda "Pyure Milki Work" sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalardan birida SamDVMCHBU rektori, professor Yunusov boshchiligida amaliyot jarayonlari tashkil qilindi.

Faoliyat boshlaganiga 24 yil bo‘lgan "Siyob - Shavkat - Orzu" MCHJ (1999 yilda asos solingan) ayni kunda ko‘p tarmoqli kompaniya bo‘lib, bu yerda qishloq xo‘jalik mahsulotlari, go‘sht va sut qayta ishlanib, tayyor mahsulot sifatida iste’molga chiqariladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, u ayni kunda 24 ta mini kompaniyani birlashtirgan (har biri alohida faoliyat turi bilan shug‘ullanadi). 8000 nafar xodim faoliyat ko‘rsatadi.

Sut yo‘nalishini olsak, bir kunda 150 tonna tabiiy sutni qayta ishlab, undan 84 xildagi tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ayni kunda oziq - ovqat mahsulotlari Markaziy Osiyo davlatlariga ham eksport qilinmoqda. O‘zbekistonning barcha viloyatlarida sotuv bo‘limlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.Amaliyot davomida talabalar ish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Amaliyot mashg‘ulotlarida Zooinjeneriya fakulteti dekani O.S.Boymatov, «Hayvonlar genetikasi, seleksiyasi, urchitish va ko‘paytirish»kafedrasi mudiri J.N.Xojamov, «Xususiy zootexniya» kafedrasi mudiri O.A.Maxmadiyorov, professor - o‘qituvchilar hamda Zooinjeneriya fakulteti talabalari ishtirok etishdi.

 

Axborot xizmati

LTR RTL