UNIVERSITET MUTASADDILARI TURKIYADA

Ayni kunlarda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O.Achilov, Farmakologiya va toksikologiya kafedrasi mudiri Y.Salimov hamda tayanch doktorant B.Abulsaidov Turkiya davlatining Izmir shahridagi Dokuz Eylul universitetida bo‘lib turibdi.

Tashrifdan maqsad Turkiyaning Dokuz Eylul universiteti bilan xalqaro hamkorlik memorandumini imzolash va qo‘shma maqsadli xalqaro loyihani ishlab chiqish hisoblanadi.

Universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O.Achilov veterinariya va biotexnologiya sohalarida hamkorlikda kadrlar tayyorlash va universitetlar nufuzini oshirish boʻyicha xalqaro tajriba almashinuv borasida taqdimot qildi. Nutqi davomida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining tajribasi bilan yaqindan tanishtirar ekan, ikki universitet oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish mexanizmlari haqida oʻzaro manfaatli takliflar bildirdi.

Shundan soʻng, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti hamda Turkiya davlatining Dokuz Eylul universiteti o’rtasida ilmiy kadrlar tayyorlash, soha bo’yicha ilm-fanni rivojlantirish maqsadida ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshirish istagi bildirilgan holda, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni tashkil etish maqsadida Memurandum imzolandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar bir-birlariga esdalik sovg’alari ulashdilar.

Axborot xizmati

LTR RTL