Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahromjon Norqobilov tashrif buyurdi. Xalqaro konferensiya doirasida Apiterapiya (Asalari bilan chaqtirib davolash maskani) markazi ochilish marosimida fahriy mehmon sifatida ishtirok etdi.
Universitet rektori tashabbusi bilan ta’lim maskani hududida Apiterapiya (asalari bilan chaqtirib davolash) markazi tashkil etildi. Maqsad - talaba - yoshlarga asalarichilik fanidan nazariy darslarni jonli tashkil etish hamda magistrlar, qolaversa mustaqil izlanuvchi va tayanch doktarantlarning ilmiy tajribalarini sinovdan o‘tkazish va ommalashtirishdan iborat.
Shundan so‘ng qo‘mita raisi universitet mas’ullari - sohalar prorektorlari, fakultetlar dekanlari, kafedralar mudirlari va bo‘lim boshliqlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda universitet reytingi masalasi, shuningdek oliy ta’lim muassasasining ilmiy salohiyati, ilmiy tadqiqot ishlarining olib borilishi tanqidiy - tahliliy ruhda muhokama etildi. Xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga mo‘ljallangan ta’limga o‘tish jarayonini tezlashtirish, fan - ta’lim - ishlab chiqarish integratsiyasi kabi masalalar muloqot mazmunini tashkil etdi.
Tashrif davomida qo‘mita raisi talaba - yoshlar bilan ham muloqotda bo‘ldi. Universitet hududida yangidan barpo etilayotgan bog‘da daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
Axborot xizmati
2022-05-13
2022-05-12
2022-05-17
2022-05-05