Loyiha dasturiga ko‘ra, horijiy ekspertlar Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining Samarqand tajriba stansiyasidagi Uzum plantasiyalari va uzum yetishtirishning turli texnologiyalari bilan tanishishni maqsad qilgan.
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand tajriba stansiyasi, shuningdek, sabzavot yetishtiriladigan fermer xo‘jaliklari, urug’chilik sabzavotchilik xo‘jaliklari va Sabzavotlarni saqlash joylari bilan tanishadilar.
Zarafshon daryosining daryo landshaftlari, Amudaryo deltasidagi to‘qay o‘rmon zonasi va xo‘jaliklararo sug’orish tizimlari ham ushbu dastur doirasida o‘rganib chiqiladi.
Axborot xizmati
2022-05-13
2022-05-12
2022-05-17
2022-05-05