Oziq - ovqat xavfsizligi bo‘yicha 7 - 8 sentyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan xalqaro anjuman ishtirokchilari - Qozog‘iston Respublikasi Biotexnologiya instituti laboratoriya mudiri Nurgul Raissova, Karantin va o‘simlik himoyasi ilmiy tadqiqot institutidan Nadira Sultanova, Rossiya Federal tadqiqot markazidan Svetlana Vinogradova, Tojikiston Respublikasi Abu ali ibn Sino nomidagi tibbiyot universitetidan Mahmali Gulov va O‘simlik genetikasi institutidan Qurbonali Partoyevlar Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga tashrif buyurdilar.
Mehmonlar dastlab universitet rektori, professor Yunusov bilan qabulida bo‘lishdi. Muloqot davomida anjuman ishtirokchilari konferensiya taassurotlari, muhokama etilgan masalalar va o‘zlari faoliyat olib boradigan ta’lim muassasalari xususida, shuningdek ayni yo‘nalishlarda SamDVMCHBU bilan ilmiy - amaliy xamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasidagi fikr - mulohazalar bilan o‘rtoqlashdi.
Shuningdek, horijiy mutaxassislar Universitet Biotexnologiya kafedrasi o‘quv laboratoriyalari ish faoliyati bilan tanishdilar.
Tashrif davomida Qozog‘iston Respublikasi Biotexnologiya institutidan Nurgul Raissova va Rossiya Federal tadqiqot markazidan Svetlana Vinogradovalar bilan ilmiy tadqiqot, grand loyihalar va kafedraning yosh professor o‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilari hamda doktorantlarini ilmiy stajirovka o‘tash bo‘yicha fikrlar almashindi va shartnomalar imzolandi. Kelgusida Oziq- ovqat xavfsizligi muammolarini yechishda biotexnologik usullardan foydalangan holda xalqaro ilmiy, amaliy- fundamental loyihalarda hamkorlikni mustahkamlash borasida kelishib olindi. Mintaqada aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlash, chorvachilik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda amalga oshirilayotgan ishlar borasida tajriba almashinuvlarni nazarda tutuvchi ikki tomonlama shartnoma va kelishuvlar, shuningdek loyihalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar muhokama etildi.
Axborot xizmati
2022-05-13
2022-05-12
2022-05-17
2022-05-05