Universitetning bir guruh olimlari va magistrantlari (Kafedra mudirlari: N.Ro‘ziqulov, N.Dilmurodov, N.Xalilov, Sh.Ishniyazova, dotsentlar: S.Sattorov, Z.Normurodova, U.Raxmonov, magistrantlar: B.Zayniddinov, U.Shakilov) 2023 yilning 14-18 mart kunlari Qozoq milliy agrar tadqiqotlar universitetida xizmat safarida bo‘lib qaytishdi.
Xizmat safaridan asosiy maqsad Qozoq milliy agrar tadqiqotlari universitetida Qozog‘iston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, veterinariya fanlari doktori, professor Sayduldin Tleuberdi tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlanib o‘tkazilgan «Состояние и перспективы развития ветеринарии и животноводства в Республике Казахстан» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-187-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tomonlar o‘rtasida tuzilgan “O‘quv va ilmiy sohada o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha shartnoma”ga asosan ma’ruza o‘qish, hamkorlikda xalqaro loyihalarni tayyorlash, yangi avlod o‘quv-uslubiy adabiyotlarini yaratish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, hammualliflikda maqolalar chop etish, universitet o‘quv jarayoniga ilmiy salohiyatli professor-o‘qituvchilarni jalb qilish bilan bog‘liq.
Qozoқ milliy agrar tadqiqotlari universiteti haqida qisqacha ma’lumot. Univrsitet 1929 yilda tashkil topgan bo‘lib, Qozogʻistonda qishloq xoʻjaligi taʼlimi va ilm-fani boʻyicha yetakchi OTMlaridan biri boʻlib hisoblanadi. Universitet QS World Universite Ranking reytingida 481-o‘rinda bo‘lib, Top-500 universitetlar qatoriga kirgan. Universitetda 43 ta bakalavriat, 2 ta maxsus oliy ta’lim, 43 ta magistratura va 17 ta doktorantura yo‘nalishlari (qishloq xo‘jaligi fanlari; veterinariya; xizmatlar; ta'lim; huquq; ijtimoiy fanlar, iqtisodiyot va biznes; tabiiy fanlar; texnik fanlar va texnologiyalar) bo‘yicha ta’lim dasturlari amalga oshirilmoqda.
Universitet olimlari va magistrantlari tashrifning birinchi kuni Qozog‘iston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, veterinariya fanlari doktori, professor Sayduldin Tleuberdi tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlanib o‘tkazilgan «Состояние и перспективы развития ветеринарии и животноводства в Республике Казахстан» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning yalpi majlisida ishtirok etishib, Qozog‘iston Respublikasida veterinariya va chorvachilikning bugungi holati va uni rivojlantirishning istiqbollariga bag‘ishlangan ma’ruzalarni tinglashdi hamda ularning muhokamasida qatnashishdi.
Tadbir davomida veterinariya va chorvachilik sohasidagi dolzarb muammolar hamda mazkur sohalarni rivojalantirish va ishlab chiqarishni takomillashtirishda ilmiy asoslangan ishlanmalardan samarali foydalanishga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Kunning ikkinchi yarmida mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini sho‘blarda davom ettirdi. Unda universitetimiz olimlari va magistrantlari quyidagi mavzularda taqdimot qilishdi:
- N.Roziqulov - «Etiology and pathogenesis of ketonuria in karakul sheep» mavzusida;
- N.Dilmurodov - «Изменение биохимических показателей крови при гнойном пододерматите продуктивных коров» mavzusida;
- Z.Normurodova - «Особенности изменения морфометрических показателей костей метаподия овец разных природных условий» mavzusida;
- Sh.Ishniyazova - «Определение качественных показателей молока по пищевой безопасности» mavzusida;
- N.Xalilov - «Влияние инокулянтов на рост, развитие и урожайность сои» mavzusida;
- S.Sattarov - «Эффективность использования племенных баранов сур разных заводских типов в Узбекистане» mavzusida.
- B.Zayniddinov - «Surgical method treatment of vaginal hyperplasia and prolapse of female dogs» mavzusida.
Ma’ruzalar yuzasidan qizg‘in savol-javoblar bo‘lib o‘tdi va batafsil muhokama qilindi.
Tashrif davomida universitetimizning barcha professor-o‘qituvchilari QozMATU talabalariga o‘z fanlaridan ma’ruzalar o‘qishdi.
Shuningdek, universitet delegatsiyasi QozMATUning Ilmiy ishlar va hаlqaro aloqalar bo‘yicha prorektori, professor Islomov Yеsenbay Isroilovich bilan uchrashib, ikki hamkor oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, tegishli fanlardan ma’ruzalar tashkil qilish salmog‘ini yanada oshirish, talabalar almashinuvi va professor-o‘qituvchilar mobilligini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda yangi avlod adabiyotlarini yaratish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, maqolalar chop etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini ochish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirishdi.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti olimlari va magistrantlarining 2023 yil 14-18 mart kunlari
Qozoq milliy agrar tadqiqotlar universitetiga qilgan xizmat
safaridan foto lavhalar
2022-05-13
2022-05-12
2022-05-17
2022-05-05