“Parazitologiya va veterinariya ishini tashkil etish” kafedrasi 2-bosqich tayanch doktoranti O.B.Abdinabiyev "Markaziy O‘zbekiston itlari dirofilyariozining ekologik va epizootologik xususiyatlari" mavzusida veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari doirasida Ilmiy rahbari, b.f.f.d.(PhD) A.Safarov bilan birgalikda 2023-yil 15-mart kuni Universitetning “Hayvonlar anatomiyasi, gistologiyasi va patologik anatomiyasi” kafedrasi qoshidagi gavda yorish xonasiga keltirilgan Samarqand viloyatining turli hududlarida avto halokatga uchrab nobud bo'lgan 1 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan 6 bosh itlar keltirilib, gelmentologik yorib ko‘rib tekshirildi.
Tekshirish natijasida mazkur itlar bir nechta tur parazitlar bilan bir vaqtda kasallanganligi hamda 2,5 yoshli sariq ola rangli it yuragida Dirofilaria immitis borligi aniqlandi.
Axborot xizmati
2022-05-13
2022-05-12
2022-05-17
2022-05-05