Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

Samarqand va Kluj-Napoka universitetlari hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • Samarqand va Kluj-Napoka universitetlari hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
Yangiliklar

Samarqand va Kluj-Napoka universitetlari hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Samarqand va Kluj-Napoka universitetlari hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti hamda Ruminiyaning Kluj-Napoka qishloq xo‘jaligi fanlari va veterinariya meditsinasi universiteti (USAMV Cluj-Napoca) o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy-akademik aloqalarni rivojlantirish hamda o‘zaro manfaatli tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida olib borilayotgan muloqotlar ikki oliy ta’lim muassasasi uchun yangi istiqbollarni ochmoqda.


Tashrif doirasida tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumining (MoU) imzolanishi sheriklik munosabatlarini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Mazkur kelishuv universitetlar o‘rtasida tajriba almashish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik mobilligini kengaytirish hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratadi.


Hamkorlik nafaqat veterinariya meditsinasi, balki chorvachilik va biotexnologiya sohalari hamda boshqa o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarni ham qamrab olish imkoniyatiga ega. Bu esa ikki universitetning ilmiy salohiyatini birlashtirish, yangi tadqiqot yo‘nalishlarini rivojlantirish va xalqaro miqyosdagi ilmiy-akademik aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladi.
Ushbu hamkorlik O‘zbekiston va Ruminiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni o‘zaro o‘rganish hamda ta’lim va ilm-fan sohasida yangi imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi muhim tashabbuslardan biridir.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita
Asosiy Yangiliklar E'lonlar Hamkorlar Qabul KPI LMS HEMIS