Kalmik davlat universiteti va universietimiz o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va amaliy sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tashrif davomida Qalmiq davlat universitetining chorvachilik va veterinariya yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot faoliyati, zamonaviy laboratoriyalari va ilmiy-amaliy markazlari bilan tanishildi. Jumladan, seleksiya-naslchilik markazi, molekulyar-genetik ekspertiza va kompleks analitik laboratoriyalar, sun’iy urug‘lantirish stansiyasi, veterinariya klinikasi hamda tajriba fermalari faoliyati haqida ma’lumot berildi.

Ushbu markazlarda chorva hayvonlarining nasldorlik va mahsuldorligini baholash, genetik tadqiqotlar o‘tkazish, muzlatilgan urug‘ olish va saqlash, veterinariya xizmatlari ko‘rsatish aytib o'tildi. Uchrashuvda chorvachilikda genetik texnologiyalardan foydalanish, to‘liq genom sekvenirlash, seleksiya jarayonlarini takomillashtirish, go‘sht mahsuldorligi va sifatini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar muhokama qilindi.

Tomonlar veterinariya, chorvachilik, genetika, seleksiya va biotexnologiya yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida tajriba almashish, amaliy ta’limni kuchaytirish hamda qo‘shma loyihalar va qo 'shma ta'lim dasturlarini amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.
Uchrashuv yakunida ta’lim va ilm-fan sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, ilmiy tajriba almashish va istiqbolda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.