BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ekspertlari Nadav Galon va Orr Rozov Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar bilan uchrashuv va suhbatlar tashkil etildi.

Muloqotlar davomida veterinariya xizmatlarini rivojlantirish, xususiy veterinariya sektorining salohiyatidan samarali foydalanish, malakali kadrlar tayyorlash, amaliy ko‘nikmalarni kuchaytirish hamda xalqaro tajribani ta’lim jarayoniga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, “Yagona salomatlik” (One Health) yondashuvi, veterinariya va hayvonlar salomatligini muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvlar yakunida veterinariya ta’limi va amaliyotini takomillashtirish hamda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish muhim yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.