Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

Xalqaro hamkorlik yo‘lida navbatdagi muhim qadam

Yangiliklar

Xalqaro hamkorlik yo‘lida navbatdagi muhim qadam

 Xalqaro hamkorlik yo‘lida navbatdagi muhim qadam

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti vakili ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Lanchjou shahrida o‘tkazilayotgan “Asian-African Foot and Mouth Disease Prevention and Control Technology Seminar” xalqaro seminarida ishtirok etmoqda.


Mazkur seminar FAO hamda Xitoy Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining Lanchjou Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, unda Osiyo va Afrika davlatlaridan yetakchi olimlar, xalqaro ekspertlar hamda veterinariya sohasi mutaxassislari qatnashmoqda.


Seminar doirasida hayvonlarning yuqumli kasalliklari, xususan, oqsil kasalligini (Foot-and-Mouth Disease – FMD) oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar, xalqaro tajriba hamda hamkorlik istiqbollari muhokama qilinmoqda.


Mazkur nufuzli xalqaro tadbir universitetning xalqaro aloqalarini yanada mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda veterinariya sohasida ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita