Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

Viloyat hokimi fan olimpiadasining viloyat bosqichi SamDVMCHBUda yuqori saviyada tashkil etildi

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • Viloyat hokimi fan olimpiadasining viloyat bosqichi SamDVMCHBUda yuqori saviyada tashkil etildi
Yangiliklar

Viloyat hokimi fan olimpiadasining viloyat bosqichi SamDVMCHBUda yuqori saviyada tashkil etildi

Viloyat hokimi fan olimpiadasining viloyat bosqichi SamDVMCHBUda yuqori saviyada tashkil etildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Yoshlar oyligi” doirasida biologiya fanidan 10–11-sinf maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Viloyat hokimi fan olimpiadasi”ning viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur fan olimpiadasi yoshlarning biologiya faniga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning bilim va salohiyatini aniqlash hamda iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazildi. Unda Samarqand viloyatining turli hududlaridan saralab olingan eng bilimdon va iqtidorli o‘quvchilar o‘zaro bellashdilar.

10-sinf o‘quvchilari orasidan:


-o'rin Urinbayev Og‘abek Orifjonovich - 90.5 ball (Jomboy tumani 42-maktab)
-o'rin Rashidova Diyora Obid qizi - 88.9 ball (Kattaqo'rg'on tumani 64-maktab)
-o'rin Umurzoqov Farux Ulug‘bekovich - 87.9 ball (Jomboy tumani 8-maktab)
11-sinf o‘quvchilari orasidan:
-o'rin Xudoyorov Otabek - 83.1 ball (Samarqand shahar 32-maktab)
-o'rin Mavlonova Marjona - 82.4 ball (Urgut tumani 23-maktab)
-o'rin Norqulov Asadbek - 81.3 ball (Oqdaryo tumani 42-maktab)
Mazkur olimpiada nafaqat o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish, balki ularni ilmiy izlanishlarga ruhlantirish, kelajakda yurtimiz ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shadigan yosh avlodni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti yoshlarning intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni ilm-fan va innovatsiyalar sari yo‘naltirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita