Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

Mehnat yarmarkasi hamda karyera kuni doirasida universitet bitiruvchilari uchun muhim sana sifatida etirof etildi.

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • Mehnat yarmarkasi hamda karyera kuni doirasida universitet bitiruvchilari uchun muhim sana sifatida etirof etildi.
Yangiliklar

Mehnat yarmarkasi hamda karyera kuni doirasida universitet bitiruvchilari uchun muhim sana sifatida etirof etildi.

Mehnat yarmarkasi hamda karyera kuni doirasida universitet bitiruvchilari uchun muhim sana sifatida etirof etildi.

Mehnat yarmarkasi hamda karyera kuni doirasida universitet bitiruvchilari uchun muhim sana sifatida etirof etildi.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida joriy yilning 9-iyun kuni universitet bitiruvchilari uchun mehnat yarmarkasi hamda karyera kuni tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirda universitet rahbar va barcha bitiruvchi yoshlar shuningdek ish beruvchi korxona tashkilotlar mas’ullari va OTFIV bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.


Tadbir davomida SamDVMCHBU rektori professor X.B.Yunusov ochib berdi hamda 2025-2026 o‘quv yilida kunduzgi ta’lim shaklida 23 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha jami 597 nafar, sirtqi ta’lim shaklida 11ta  ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha jami 631 nafar hamda 29 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 58 nafar bitiruvchilar universitet bo‘yicha esa jami 1286 nafar bitiruvchilar tamomlashlari davlatimiz rahbarining 2025 yil 8-avgust kuni oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida taminlanishi bugunning kechiktirib bo‘lmaydigan birinchi darajali vazifalarimizdan ekanligi takidlandi. 


2026 yilda tamomlashi ko‘zda tutilgan bitiruvchilarning kamida 60 % shu oy yakuniga qadar to‘liq ish bilan taminlanishlari buning uchun Respublikamiz va viloyatdagi yirik ish beruvchi korxona tashkilotlar rahbarlari bevosita ish bilan taminlashga va yetuk raqobatbardosh kadrlarni saralab olish maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri karyera kunlari mehnat yarmarkalarida ishga joylashish bo‘yicha kelishiv bo‘yicha shartnomalarni imzolashmoqda buning natijasida sezilarli darajada salohiyatli kadrlarga bo‘lgan talabi qondirilmoqda natijada respublikamiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlari yuqorilanib borilayotganligi alohida takidlandi.


Tadbir jarayonida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Maxmudov Axmadjon Muxammadsaid o‘g‘li tomonidan ham bugungi tadbir yuzasidan fikrlar bildirilib har yili respublikamiz bo‘yicha oldingi davrlarga nisbatan 2-3 barobar ko‘p kadrlar yetishib chiqayotganligi ushbu kadrlarni o‘z vaqtida ish bilan taminlash masalasiga har bir rahbarning bevosita mas’ulligini oshirish zarur chora tadbirlarni ishlab chiqish va o‘z vaqtida ijrosini taminlab borish zarurligi takidlanib o‘tildi.


Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-61-son qarorga asosan O‘z Milliy bankning Kelajakka qadam dasturi to‘liq ishga tushirilganligi va buning natijasida tadbirkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish istagidagi yoshlar bevosta qo‘llab quvvatlanishlari va kerakli shart-sharoitlarni o‘z vaqtida joyida yechimi qilib berilishi bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirilib o‘tildi.
Yuqori saviyada o‘tkazilgan karyera kuni va mehnat yarmarkasi tadbiri orqali 40 dan ortiq yoshlar ish bilan taminlash bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita