Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 2025–2026 o‘quv yili yakunlari bo‘yicha magistratura mutaxassisliklari bitiruvchi talabalari tomonidan magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilish jarayonlari davom etmoqda. Himoya jarayonlarida Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari, soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy rahbarlar ishtirok etib, magistrantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari, olingan natijalarning amaliy ahamiyati va innovatsion jihatlarini atroflicha baholamoqdalar.




Dissertatsiya himoyalari Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-dekabrdagi 836-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida, magistrantlar ishlari ilmiylik, xolislik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etilayotgan bo‘lib, yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini namoyon etish, soha rivojiga xizmat qiluvchi yangi g‘oya va ishlanmalarni amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Universitet jamoasi barcha magistrantlarga dissertatsiya himoyalarida muvaffaqiyat tilaydi hamda ularning kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatlarida ulkan yutuqlarga erishishlariga ishonch bildiradi.