Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

AQSHning Oasis Agriculture LLC bilan chorvachilik va veterinariya yo‘nalishida amaliy hamkorlik muhokama qilindi.

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • AQSHning Oasis Agriculture LLC bilan chorvachilik va veterinariya yo‘nalishida amaliy hamkorlik muhokama qilindi.
Yangiliklar

AQSHning Oasis Agriculture LLC bilan chorvachilik va veterinariya yo‘nalishida amaliy hamkorlik muhokama qilindi.

AQSHning Oasis Agriculture LLC bilan chorvachilik va veterinariya yo‘nalishida amaliy hamkorlik muhokama qilindi.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, professor X.B. Yunusov amerikalik veterinariya mutaxassislari bilan uchrashdi.


Uchrashuvda Oasis Agriculture LLC boshqaruvchi hamkori Dale E. Henry, veterinariya mutaxassislari Dr. Bruce Hoffman va Dr. Stephan Gibson ishtirok etdi.
Muloqotda veterinariya ta’limi, chorvachilik sohasida amaliy seminarlar tashkil etish, sut va go‘sht yo‘nalishidagi qoramolchilikda zamonaviy boshqaruv usullari hamda kelgusidagi qo‘shma hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Tashrif doirasida xorijiy mutaxassislar professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun seminar mashg‘ulotlarini ham o‘tkazdilar.
Seminar mavzulari chegaralararo hayvonlar kasalliklari, bioxavfsizlik, vaksinatsiya, qo‘llab-quvvatlovchi davolash hamda sutchi sigirlarda o‘tish davri kasalliklarini boshqarishga bag‘ishlandi.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita