Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

Korrupsiyaga qarshi kurashishda muhim qadam: manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • Korrupsiyaga qarshi kurashishda muhim qadam: manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashishda muhim qadam: manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Korrupsiyaga qarshi kurashishda muhim qadam: manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan Chorvachilik va texnologiyalar fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Unda fakultet dekani J.Xujamov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig'i F.Turayev hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i B.Kuldashov ishtirok etdi. Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunini amaliyotda qo‘llash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish hamda manfaatlar to‘qnashuvini samarali boshqarish mexanizmlari muhokama qilindi.

Mutaxassislar tomonidan qonunning mazmun-mohiyati, uning amal qilish doirasi va davlat tomonidan tartibga solish yo‘nalishlari atroflicha tushuntirildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarning savollariga javob berilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi.

Mazkur seminar oliy ta’lim muassasasida ochiqlik, halollik va korrupsiyaga qarshi muhitni mustahkamlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi. 

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita