YER RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH VA SUV TEJAMKORLIGINI YAXSHILASHNING ISTIQBOLLI YECHIMLARI



Yer muammolariga insoniyatning e’tiborini qaratish maqsadida 2009-yil 22-aprelda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 63-sessiyasida “22-aprel – Butunjahon yer kuni” sifatida nishonlanishi belgilangan. 
Mamlakatimizda har yili oliy ta’lim muassasalarida ushbu kunga bag‘ishlangan tadbirlar va tanlovlar o‘tkaziladi. 


Sana munosabati bilan SamDVMCHBUda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi ekofraksiya deputatlari tomonidan “22-aprel – Butunjahon yer kuni” munosabati bilan “Yer resurslaridan oqilona foydalanish va suv tejamkorligini yaxshilashning istiqbolli yechimlari” mavzusida seminar tashkil etildi.


Seminar doirasida universitet rektori, professor X.Yunusov,  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari  qo‘mitasi a’zosi Z.Raxmanova, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari  qo‘mitasi a’zosi Q.Qosimova, O‘zbekiston ekologik partiyasi Samarqand viloyat partiya tashkiloti ijroiya qo‘mitasi raisi X.Muxammadiyev va boshqalar ishtirok etib, suv manbalari O‘zbekistondagi ko‘plab ekotizimlar, jumladan, daryolar, ko‘llar va suv omborlari uchun muhim ahamiyatga egaligi, suv resurslariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish va ularni boshqarish biologik xilma-xillikni saqlashga, suv sifatini yaxshilashga olib keladi va ekoturizmni saqlash va rivojlantirish imkonini berishini, umuman olganda, suvni tejash mamlakatga iqlim o‘zgarishiga moslashish va ichimlik suvining kamayishi, yong‘in va qurg‘oqchilik xavfining oshishi kabi salbiy ta’sirni yumshatishda muhim omil bo‘lishini ta’kidladilar.


Shuningdek, seminarda ma’ruzachilar “Atrof-muhit muhofazasi davlat nazoratida:  amaliy yondashuvlar va joylardagi muammolar”, "Zarafshon voxasida suv resurslari taqchilligi sharoitida suvni tejash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar", “Yer resurslaridan oqilona foydalanishning ilmiy asoslari”, “Suv resurslarini boshqarishning zamonaviy konsepsiyalari”, «O‘zbekistonda yer va suv resurslarining huquqiy asoslari», “Tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish tajribasi”, “Yer resurslaridan foydalanishning xalqaro tajriba va tahlili”, “Viloyat qishloq xo‘jaligi yerlarining holati: huquqbuzarliklar va ularning qonuniy asoslari” kabi mavzularda ma’ruzalar qilishdi.
Seminar qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi