UNIVERSITETDA V RESPUBLIKA YOSHLAR FORUMI VA RESPUBLIKA FAN OLIMPIADASI KOʻTARINKI RUHDA OʻTKAZILDI



Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tizimidagi taʼlim muassasalari talaba-yoshlari ishtirokida V RESPUBLIKA YOSHLAR FORUMI yuksak saviyada, koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.

Dastlab universitet madaniyat saroyida forumning rasmiy ochilish marosimi tashkil etilib, universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov, Qo‘mita boshqarma boshlig‘i Alisher Safarov hamda viloyat hokimligi, viloyatdagi boshqarma va tashkilotlar rahbarlari oʻtkazilayotgan V Respublika yoshlar forumi va Respublika fan olimpiadasining maqsad – vazifalariga toʻxtaldi. Ishtirokchilarni tabriklab, omad tiladi.


Shundan soʻng, forum doirasida Qoʻmita tizimidagi taʼlim muassasalari talaba-yoshlari ishtirokida “O‘zbekiston – yoshlar nigohida” mavzusi ostida ranglar sehri, “Amir Temur merosi va zamonaviy ilm-fan taraqqiyoti” mavzusida “Talabalar teatr studiyalari” jamoalari birinchiligi, sportning shaxmat turi boʻyicha “Qoʻmita raisi kubogi”, stol tennisi” turi boʻyicha “Rektor kubogi”, futbol turi bo‘yicha “Vazir kubogi” hamda voleybol turi bʻyicha jamoalar birinchiligi musobaqalari, “Bilimdon yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida “Zakovat”, “Mutolaa bilan fikr, fikr bilan taraqqiyo” mavzusida “Kitobxon talaba” tanlovi, “G‘oya – amaliyot – natija” g‘oyasi ostida start-up loyihalari tanlovlari, bitiruvchilar bandligini ta’minlash maqsadida “Karyera kuni”, fakultetlar jamoalari o‘rtasida osh chempionati, sumalak va xalisa sayli oʻtkazilib, gʻolib jamoalar va talaba-yoshlar aniqlandi.


Tadbirning asosiy rasmiy qismi viloyat konsert zalida davom ettirilib, universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Alisher Safarovlar forum Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tizimidagi taʼlim muassasalari yoshlarining ilmiy-ijodiy, intellektual qobiliyatini namoyon etish, ular oʻrtasida doʻstlik va hamjihatlik hissini yanada kuchaytirishdan iborat ekanligini taʼkidladi. 


Tadbir doirasida oʻquv, ilmiy-tatqiqot va maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda faol ishtirok etib, turli ijtimoiy loyiha va tanlovlarda jonbozlik koʻrsatib kelgan talabalar hamda oʻz yoʻnalishlari boʻyicha eng yaxshilarini aniqlash maqsadida oʻtkazilgan onlayn soʻrovnoma gʻoliblari taqdirlandi.
Gala-konsertda viloyat va respublika miqyosida tanilgan san’atkorlar — Sharof Muqimov, Otabek Mutalxo‘jayev, Jasurbek Mavlonov va boshqa estrada vakillari ishtirok etib, ular tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar tadbirga yanada koʻtarinki ruh baxsh etdi.
Shuningdek, V Yoshlar forumi doirasida Qo'mita, universitet hamda uning Nukus va Toshkent filiallari rahbariyati va talaba-yoshlari universitet hududida daraxt ko‘chatlarini ekishdi.