Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 11-fevralda "Ilm va ayol: barqaror jamiyat sari" mavzusida ilmiy-amaliy seminar o'tkazildi. Tadbirda olima ayollar hamda boshqaruvchilar ishtirok etdi, ular ayollarning ilmiy faoliyatdagi rolini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratdilar. Ma'ruzachilar ilmiy innovatsiyalarni tijoratlashtirish, grantlar va stajirovka dasturlarini kengaytirish, gender barqarorlikni ta'minlash va ayollarga ijobiy shartlar yaratish haqida ma'ruzalar qildilar. Seminar oxirida yuqori natijalarga erishgan olima ayollar hamra xil taqdir etildi.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 11- fevral “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni” ga bag‘ishlangan “Ilm va ayol: barqaror jamiyat sari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi


Tadbir avvalida mehmonlar Samarqand viloyati hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Saidova Zebo Behbudovna, Samarqand davlat Arxitektura-qurilish universiteti rektori, professor- Chidem Janbay Turkyilmaz, Samarqand viloyati “Olima”uyushmasi raisi, Turon Fanlar Akademiyasi akademigi, professor Aslanova Dilbar Xasanovna, viloyat oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan vakilalar SamDVMCHBU olima ayollarining ilmiy va innovatsion ishlanmalari koʻrgazmasida ishtirok etib loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Tadbirni SamDVMCHBU rektori professor Yunusov Xudaynazar Beknazarovich kirish so’zi bilan ochib berdi. Oʻz nutqida jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni, olima ayollarning ziyo tarqatishi, ilm-fanni rivojlantirishda olimalarning roli beqiyos ekanligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Seminar davomida so‘z olgan ma’ruzachilar ayollarning ilmiy faoliyatda nufuzi va o‘rnini yanada oshirishga daxldor masalalar – olimalarga ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida hal etishga ko‘maklashish, tadqiqotlarni amalga oshirishning tashkiliy imkoniyatlarini yaratish, ilmiy faoliyatda gender diskriminatsiya muammosiga barham berish, olima ayollar uchun ilmiy nufuzli mukofotlar ta’sis etish, tadqiqot grantlari, xorijiy stajirovka dasturlarini kengaytirish, olimalarning akademik mobilligini oshirish, innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash loyihalarini yo‘lga qo‘yish, ilm-fanni ijtimoiy taraqqiyotning drayveri va generatoriga aylantirish sohaning bundan keyingi rivojida samarali yechimlar ishlab chiqish borasida ma’ruzalar qildilar.
Seminar so‘ngida ilm-fan sohasida yuqori natijalarga erishgan Samarqandlik olimalarimiz Samarqand viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.