SamDVMCHBU universitetida 14-yanvar kuni "Vatan himoyachilari kuni" hamda Qurolli Kuchlar tashkil etilgan 34 yillik yubileyi bilan bog'liq bayram tadbiri o'tdi. Rektor X.Yunusov talabalar va ishtirokchilarni tabriklab, milliy armiyaning ahamiyatini keltirdi. Tadbir sport musobaqalari, ijodiy tomosha va bayram ruhiyatida o'tdi.
SamDVMCHBU O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan universitet “Madaniyat saroyi”da bayram tadbiri tashkil etildi.

Universitet rektori, professor X.Yunusov bayram tadbirini ochib berib, xalqimiz, davlatimiz, ona yurtimiz hayotidagi g‘oyat muhim va qutlug‘ voqea – “Vatan himoyachilari kuni” va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 34 yilligi bayrami bilan samimiy tabriklab, “Vatan himoyachilari kuni” bayrami bizning hayotimizda alohida o‘rin tutishini ta’kidlab, bugungi kunda milliy armiyamiz ming-minglab o‘g‘lonlarimiz uchun chinakam mardlik, fidoyilik maktabiga aylanganini ta’kidladi va barchani bayram bilan tabrikladi.

Shuningdek, Rektor bir qator nufuzli tashkilotlar rahbarlari tomonidan universitet jamoasiga yo‘llangan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Tadbir davomida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati o‘tkazilgan sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishib, tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh talabalar universitet rektori tomonidan munosib taqdirlandi.

Universitetning iqtidorli va ijodkor talabalari tomonidan tayyorlangan Vatanni, Milliy armiyamizni va yurt posbonlarini ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar va teatrlashtirilgan tomoshalar bayramning yanada ko‘tarinki ruhda o‘tishini ta’minladi.

Vatan himoyachilari kuni — jasorat, fidoyilik va sadoqat timsolidir. Mard va jasur posbonlarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va xizmatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz doimo musaffo bo‘lsin.