



Shuningdek, korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish choralarini ko‘rish bo‘yicha universitetda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bilan olib borilayotgan sa’y-harakatlar natijasida ijobiy natijalarga erishilayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi F.Turayev korrupsiyaga qarshi kurash yuzasidan davlat siyosatining ustuvor vazifalari, «Komplayens-nazorat» tizimining maqsadi, korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish, korrupsiyaga qarshi xavf-xatarlarni baholashda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, jarayonga ilg‘or zamonaviy mexanizmlarni joriy etish, bu borada huquqiy va institusional bazani takomillashtirish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari — aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish ekanligini ta’kidlab, bu borada jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ekanligini ta’kidladi.

Tadbir davomida universitetda 9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan "Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi" mavzusida "Eng yaxshi rasmlar" tanlovi hamda "Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz" mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovi g‘oliblari universitet rahbariyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari taqdirlandi.

.jpg)


