KORRUPSIYA NIMA, UNGA QANDAY QARSHI KURASHISH MUMKIN?




    SamDVMCHBU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti 1-bosqich talabalari bilan o‘tkazilgan davra suhbatida ana shu savollarga batafsil javob olindi.

    Davra suhbatida boʻlim boshlig‘i F.Turayev talabalarga “Korrupsiya” so‘zi lotincha “corruptio” so‘zidan olingan bo‘lib “buzish, sotib olish”, shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda fodalanishi yoki taqdim etilishi ekanligini aytib o‘tdi.

    Shunigdek, “Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy printsiplari”, “Korrupsiyaga oid jinoyatlar” moddalari, “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar”ni haqida tushunchalar berdi.