Top Bar

Samarqand sh, Mirzo Ulug'bek 77 Manzil
ssuv@edu.uz Elektron pochta
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
+998 55 707-76-86 Ishonch Telefon
YANGILIKLAR

Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg davlat veterinariya meditsinasi universiteti rektori, professor Plemyashov Kirill Vladimirovich SamDVMCHBUga tashrif buyurdi

  • Asosiy
  • Yangiliklar
  • Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg davlat veterinariya meditsinasi universiteti rektori, professor Plemyashov Kirill Vladimirovich SamDVMCHBUga tashrif buyurdi
Yangiliklar

Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg davlat veterinariya meditsinasi universiteti rektori, professor Plemyashov Kirill Vladimirovich SamDVMCHBUga tashrif buyurdi

Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg davlat veterinariya meditsinasi universiteti rektori, professor Plemyashov Kirill Vladimirovich SamDVMCHBUga tashrif buyurdi
Mehmonlarni universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov boshchiligidagi mas’ul shaxslar kutib oldi.
Universitet rektori mehmonlarga bosh bino oldidagi birinchi veterinar shifokori siymosi aks etgan monumentning ma’no-mazmuni haqida to‘xtalib, universitet hayoti va faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berdi.

    O‘z navbatida xorijiy mutaxassislar yaratib berilgan imkoniyatlar va qo‘llab quvvatlaganliklari uchun universitetimiz rektoriga o‘z minnadorchiliklarini bildirishdi. O‘zaro muloqotda universitetimizning nufuzi, yaratilgan imkoniyatlar va xorijda tutgan o‘rnini yuqori baholashdi.

    Tashrif davomida Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg davlat veterinariya medisinasi universiteti rektori, professor Plemyashov Kirill Vladimirovich universitetimiz talabalariga ma’ruza qildi.

    Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg davlat veterinariya medisinasi universiteti va Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi va professor Plemyashov Kirill    Vladimirovichga Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti faxriy professor unvoni berildi.

    Mehmonlar tashrif davomida universitetimizdagi Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash inkubatori – vivariy va laboratoriya jixozlari bilan ta’minlash darajasi bilan tanishib, yaratilgan sharoitlar juda yaxshi taassurot qoldirdi.

.

Kontakt
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Bizning Manzil
Samarqand shahar,
Mirzo Ulug'bek ko'chasi 77-uy
Ishonch telefonlari
Dushanba – Juma: 9:00 – 18:00
Reytinglar
Xarita